Get Mystery Box with random crypto!

'Spot' vizual stilini yangiladi Spot.uz nashri o'zining vizua | Marketing bo'limi

"Spot" vizual stilini yangiladi

Spot.uz nashri o'zining vizual stillini yangiladi: logotipini o'zgartirdi va yangi shrift ishlata boshladi. Bu ishlar bilan "Naked Eye" kreativ studiyasi shug'ullangan.

Ta'kidlanishicha, yang logotip nomga kiritilgan ma’nolardan biri — nuqtani aks ettiradi. Nuqtai nazar, qiziqish nuqtasi, fikrni yakunlash uchun nuqta va hokazo. Element (nuqta) tufayli logotipga ko'proq aksent beriladi va u to'liq hajmda bo'ladi, shuningdek, belgi shaklida ham.

Shuningdek, asosiy rang ham biroz qayta ishlangan, biroz "to'yintirilgan". Nashrning taniqliligini hisobga olib, bu rangdan uzoqqa ketmaslikka qaror qilingan. Yangi stillning asosiy jihati brendni IT va startaplar dunyosi bilan yaqinlashtiradigan shrift bo'lgani ta'kidlanadi.

"Yangi identifikatsiya to‘liq darajada ijtimoiy tarmoqlar dizaynida namoyon bo‘ladi: tartiblangan yaxlitlik va dizaynning dolzarbligi ma'lumotning ishonchliligini qo'llab-quvvatlaydi va uni oson o'qilishi va tushunilishi bilan o'quvchiga yaqinlashtirad", deydi studiya yangilanish haqida.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi