Get Mystery Box with random crypto!

Pink Island va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik. Mahalliy brend | Marketing bo'limi

Pink Island va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik. Mahalliy brend yangi kolleksiyasini shu mavzuni ko‘targan holda taqdim etdi

Pink Island ayollar kiyimi brendi yangi kolleksiyasi taqdimotida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusini ko‘tardi. Kampaniya Rocket Digital kreativ agentligi bilan birgalikda ishlangan, deb xabar beradi PR.uz

Pink Island hafta davomida foto va videolar e’lon qilib bordi, ularda jismoniy zo‘ravonlik alomatlari (ko‘kargan, izlar qolgan) bo‘lgan modellar kolleksiyani taqdim etdi.

Maxsus loyiha zo‘ravonlik qurbonlariga bag‘ishlangan bo‘lib, “atrofdagilarni befarq bo‘lmaslikka va ularga yordam berishga undaydi”, deyiladi brend sahifasida.

Shuningdek, Pink Island marketing direktori va Rocket Digital asoschisi PR’ga ushbu loyiha haqida gapirib bergan. Ularning fikrlarini bu yerda o‘qishingiz mumkin.

UPD. Videoning sifati uchun uzr so‘raymiz. Original tasvirlarni Pink Island Instagram sahifasida yoki PR.uz’ning ushbu xabarida ko‘rishingiz mumkin.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi