Get Mystery Box with random crypto!

Biznes qilish uchun turli odamlardan shakllangan jamoa zarur. | Marketing Bilim


Biznes qilish uchun turli odamlardan shakllangan jamoa zarur. Har qanday biznesda uch turdagi odamlar bo‘lishi asosiy talab hisoblanadi:

1. Tadbirkor: g‘oya va kelajakni ko‘ra oladigan inson. Ular bozordagi muammo yoki bo‘shliqni ko‘ra oladilar va muammoni foydaga aylantirish uchun tavakkal qiladilar. Ular yechimni o‘ylab topadi, masalan, bozorda biror mahsulotga ehtiyojni ko‘radi va barcha kerakli odamlarni ishga olib biznesni yo‘lga qo‘yadi.

2. Mutaxassis; tadbirkorning g‘oyasini hayotga tatbiq etuvchi shaxs. Bu muhandis, venchur kapitalist yoki grafik dizayner bo‘lishi mumkin. Ular g‘oyani yoki uning bir qismini olib unga jon beradi, yaʼni ularni haqiqatga aylantiradi, masalan, mahsulotni ishlab chiqarish uchun fabrika ko‘rish, instrumentlardan to‘g‘ri foydalanish, mahsulotni chiroyli qoliplash.

3. Menejer: ular har kuni keladi va ishlar bajarilayotganini, g‘oya to‘g‘ri amalga oshayotganini nazorat qiladi. Ular buning takrorlanishini taʼminlaydi, masalan, fabrikaning to‘g‘ri ishlashi, yuklar vaqtida yetib borishi, sifat talabga javob berishini muntazam nazoratda ushlaydi.