Get Mystery Box with random crypto!

JAVOBLAR O‘ZGARDI Albert Eynshteyn bir kuni o‘zining bitiruvc | Marketing Bilim


JAVOBLAR O‘ZGARDI

Albert Eynshteyn bir kuni o‘zining bitiruvchi talabalaridan imtihon oldi. Bu savollar o‘tgan yilgi savollarning ayni o‘zi bo‘lib chiqdi. Bundan xabar topgan assistent o‘qituvchi professorning parishonxotirligi sababli yuz bergan bo‘lsa kerak, darhol buning oldini olish kerak deb xavotir oldi va professor oldiga borib:

- Kechirasiz, ser, dedi ulug‘ odamga xato qilib qo‘yganini aytishga iymanib.

- Ha? - deya javob berdi Eynshteyn.

Siz talabalarga bergan test haqida aytmoqchi edim.

Eynshteyn sabr bilan tingladi.

- Siz buni sezganingizga ishonchim komil emas, lekin bu testlar o‘tgan yili berilgan testlarning ayni o‘zi ekan Umuman olganda ular bir xil.

Eynshteyn biroz o‘ylanib turib:

- Ha, savollar o‘sha-o‘sha, lekin javoblar o‘zgargan, deb javob bergan.

Yangi ixtirolar qilingani sabab fizikada ham javoblar o‘zgarib turgani kabi biznes va marketingda ham javoblar tez-tez o‘zgarib turadi. Bir paytlar biznes egalari katta pul evaziga "Yellov pages" sahifalariga reklama joylashtirar va yil bo‘yi marketing haqida uylamas ham edi. Hozir sizda «Google», ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, veb-saytlar va boshqa ko‘plab imkoniyatlar bor. Internet raqobatchilar dunyosini ochib yubordi.

Allan Dib

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim