Get Mystery Box with random crypto!

#marketinggaAldanmaymiz Nima sababdan saqich reklamalarida bi | Marketing Shedevrlari

#marketinggaAldanmaymiz

Nima sababdan saqich reklamalarida bitta saqich o'rniga ikkita saqich chaynashadi?

Bunday usuldagi marketing ilk bor "Alka-Seltzer" tabletkalarining reklama roliklarida dori ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan ishlatilgan va amalda juda yaxshi natija bergan.

Gap shundaki, kompaniya grippga qarshi dorisining reklama rolikida bitta emas balki ikkita tabletka iste'mol qilinadi. Reklamani ko'rgan xaridor "grippni yengish uchun 2 ta tabletka kerak ekan" deb o'ylay boshlaydi va huddi reklamadagidek ikkita dori sotib oladi. Mazkur reklamadan so'ng kompaniyaning dori sotuvi hajmi ikki barobarga oshadi.

Shundan so'ng, bu usuldan aksariyat saqich, shampun, tish pastasi, yostiq v.h.k ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham foydalana boshlashadi.

@marketing_shedevrlari