Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy UZ

Telegram kanalining logotibi markaziyuz_tezkor_daryoda — Markaziy UZ M
Telegram kanalining logotibi markaziyuz_tezkor_daryoda — Markaziy UZ
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.23K
Kanalning ta’rifi

Tezkor, Dolzarb yangiliklar va Kerakli Ma'lumotlar...❗️
👉 Reklama: @Media25_UZ

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-06 10:50:51
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida o‘g‘il va qiz farzandini sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi.
 
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol shu yilning 3-fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
 
Ikkinchi holat Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir qilingan. Qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11500 dollarni olgan vaqtida DXX va IIO xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
298 views07:50
Ochish/sharhlash
2023-04-06 05:58:57
Группадаги ҳаммага ўз уйида шунақа касса қилишларини тилаб қоламиз

Бошланган янги кун барчага омадли келсин

https://t.me/+hhRZbMPOlRFhZDE6
462 viewsedited  02:58
Ochish/sharhlash
2023-04-06 05:58:26
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi qishloqlarning birida yovvoyi ayiq yurgani aytilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
332 views02:58
Ochish/sharhlash
2023-04-06 05:58:26
Qashqadaryoning Shahrisabz va Dehqonobod, Surxondaryoning Boysun tog‘larida qor!

Amalda.uz Telegram kanali
321 views02:58
Ochish/sharhlash
2023-04-05 22:56:42
Айни дамда Зоминда Қор!

https://t.me/Samarqandliklar24_Samarkand
151 views19:56
Ochish/sharhlash
2023-04-05 19:21:24
Italiyalik Klemente del Vekkio 18 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Dunyodagi eng badavlat odamlarning yangi reytingiga ko‘ra, del Vekkioning boyligi 3,5 milliard dollar ekanligi koʻrsatilgan.

Klemente Leonardo del Vekkioning eng kichik farzandi. U dunyodagi eng yirik ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi Luxottica asoschisi edi. Shuningdek, Ray Ban va Oakley brendlariga egalik qiladi, Chanel, Giorgio Armani, Prada va Versace uchun ramkalar ishlab chiqaradi.

Amalda.uz Telegram kanali
261 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-04-05 19:21:24
Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Bu amaliyot Oʻzbekiston tarixida ilk bor yoʻlga qoʻyilmoqda. Xonalar ko‘rinishi quydagicha bo'ladi.

Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, yotoq va yuvinish xonasi taqdim etiladi. Qabulxona kecha-yu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.

Ikki qavatli mehmonxonada 27 ta xona bo‘ladi. U yaqinda ochilgan Art Bazaar savdo pavilyoni kabi sharqona uslubda quriladi. Loyiha ustida ishlash uchun taniqli dizayner Bobur Ismoilov taklif etilgan.

Mehmonxonaning umumiy maydoni 240 kv metr, boshlang‘ich yillik qiymati 325 mln so‘m.

Amalda.uz Telegram kanali
249 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:48:33
Indoneziyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorchilikda gumonlanib qamoqqa olindi

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, ulardan uch nafari Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Suriyada faol bo‘lgan xalqaro terror tashkiloti a’zosi sifatida koʻrsatilgan. Boshqa bir gumonlanuvchi esa ularga moliyaviy yordam bergani hamda soxta hujjatlarni tayyorlab bergani aytilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali
375 views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:48:33
Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o‘rnatildi. Qizlar bundan norozi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini bildirdi. Qo‘qon shahar IIB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlandi.

Institut rahbariyati munosabati esa quyidagicha: “Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektorining buyrugʻiga koʻra, talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash, ularning ruhiy holatlarini barqarorlashtirish hamda oʻqish jarayonidagi stress holatlarini oldini olish boʻyicha maxsus xona tashkil etish maqsadida haftaning shanba-yakshanba kunlari talabalar oʻz uyiga ketishlarini hisobga olib xonani shanba kuni jihozlash boshlangan”

Amalda.uz Telegram kanali
356 views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:49:51
Qashqadaryoning 2 tumanida kuchli qor yog‘di

Yogʻingarchilik bugun, 5-aprel kuni viloyatning tog‘li hududlarida kuzatilgan. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulaxatov ma’lum qildi.

Keltirilishicha, qor viloyatning Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘ida yog‘gan. Shuningdek, kecha, 4 aprel kuni tumanning tog‘li hududidagi Sarchashma qishlog‘ida ham qor yog‘ib o‘tgan.

Bundan tashqari, viloyatning Dehqonobod tumani “Guliston” mahallasida bugun tuni bilan qor yog‘ib, yerlar yaxshigina oqargan.

Eslatib o‘tamiz, 5-apreldan 7-aprelgacha O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi. Kunduzgi havo harorati – hafta davomida 15-18 darajadan 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi va do‘l yog‘ishi mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali
374 views08:49
Ochish/sharhlash