Get Mystery Box with random crypto!

#Mamnuniyat O‘z vaqtida sidqidildan qilingan mehnat rohati bo | "Ma'rifat" gazetasi | Rasmiy kanal

#Mamnuniyat

O‘z vaqtida sidqidildan qilingan mehnat rohati bor gap. O‘qituvchining yillar mobaynida chekkan zahmati aniq-tiniq detallarda ko‘rinmaydi, biroq uning shogirdlari kasbu korli, ilmli bo‘lib yetishishganda “ustozingga rahmat” degan e’tirof eshitishadi. Matematikadan dars berar ekanman, kuni kelib natija ko‘rishimdan umid qilaman.
Yaqinda Mirabod tumani ta’lim va fan Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan berilgan imtiyozli yo‘llanma asosida "Kuxinur" sanatoriysida dam oldim. Sanatoriy zamonaviy shart-sharoitlarga ega, fizioterapiya muolajalarini ham oldim. Buning uchun mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman.

Muxriya Burxonova,
110-sonli IDUM o‘qituvchisi

Telegram |Facebook | Veb-sayt| Mobil ilova