Get Mystery Box with random crypto!

​​-Ayol.. Familyasini oʻzgartiradi, Uyini oʻzgartiradi, Oilasi | Marhabo Karimova sherlari

​​-Ayol..
Familyasini oʻzgartiradi,
Uyini oʻzgartiradi,
Oilasini oʻzgartiradi,
Siz bilan boshqa uyga koʻchadi,
Siz bilan bir oʻchoq quradi,
Siz uchun homila boʻladi,
Homiladorlik uning vujudini oʻzgartiradi,
Ishishlar, ogʻriqlar,
Chidab boʻlmas toʻlgʻoq azobi,
Ikki yoʻl orasida qolib, sogʻlom chaqaloq dunyoga keltiradi,
Tugʻilgan chaqaloq ham sizning naslingizni davom ettiradi,
Oʻladigan kuniga qadar..qiladigan barcha ishi, yemak pishirish, uyingizni tozalash, onangiz va otangizning xizmatida boʻlish, farzandlaringizni katta qilish, tarbiya berish, sizning xarakteringizga moslashish, koʻnglingizni olish, injiqliklaringizga koʻnikish, huzuringizni ta’minlash, butun oila munosabatlarini bir maromda ushlab turish, sizga foydasi boʻladigan barcha narsani, hatto sogʻligʻidan, goʻzalligidan, qiziqishlaridan kechib boʻlsa ham, qiladi.
Shuncha narsalardan keyin ham u siz uchun goʻzal va betakror boʻlib qolishi kerak, buni uddalashi kerak.
Bu orada, uning ham ogʻrib qoladigan boshi, tomogʻi, tishi, buziladigan asabi, huzursiz boʻladigan koʻngli bor..
Sanab oʻtilmagan fazilatlari hali bisyor..
Allohning amrlarini joy-joyiga qoʻyib bajaradigan, ilm talabida boʻladigan ayol haqida hali yozmadim.

Hurmatli erkaklar, hayotingiz sherigi, umr yoʻldoshingiz boʻlgan ayolingizni qiymatini biling.
Ayol boʻlish oson emas.
Ayol boʻlish bebaho narsa..

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor