Get Mystery Box with random crypto!

# Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga ba | Marg'ilon sardorlari /Лидеры Маргилана /Leaders of Margilan | Rasmiy kanal

# Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bagʼishlov

Qomusim!
Yurt kechib, el kechib bormay qayoqqa,
Bu otam faryodi.
Ruhimni bir da‘vat solar qiynoqqa,
Bu onam faryodi.

Qomusim!
Faryodga jo‘r bo'lib turadi barcha,
Jim, tinglasammikan?
Axir nima qildim shu bugungacha,
Ayt, sening chun Vatan?


Qomusim!
Seni vijdon dedim, or dedim har on,
Pariro‘y maftunim!
,,O‘zing uchun emas, xalqing uchun yon!"
Bu mening qonunim!

Qomusim!
Otamning, onamning faryodi yelkamda,
Ko‘ksimda nomusim.
Qonunlarning ohi, dodi yelkamda,
Qomusim! Qomusim!

Xalqni ,, Xalq" qilgandi Temurbek kuchi,
Bugun Qomus tirgak.
Qoningdagi jo‘shgan Buyuklik uchun
Uyg‘onishing kerak!


Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

@margilonyoshlarii