Get Mystery Box with random crypto!

Zarar berish ham, zarar ko'rish ham yo'q O'z ishingga doimo m | Mardon Mo'minjon

Zarar berish ham, zarar ko'rish ham yo'q

O'z ishingga doimo mas'uliyat bilan qara

Atrofingga boq. Katta jamoa, rivojlanayotgan kompaniyadamisan, demak, sen mas'uliyatsizlik qilsang, kompaniya uchun keraksiz xodimga aylanasan

Kompaniyalar seni qilgan ishingga emas, seni boshqa bir xodimga almashtira olmagani uchun haq to'laydi

Tizimlashtirishga ming harakat qilma, boshqaruv bor joyda kamchiliklar bo'ladi. Stress, asabbuzarliklar hamda siqilish...

Bu vaziyatda sen faqatgina ishingga vijdonan, diyonatan yondash

Shunda eng kamida senga berilgan ishni bajara olasan va boshqalarga zarar bermaysan

Doimo o'z ishingni tahlil qil

Kunimni o'tkazdim emas, bugun kunimni nima ish qilib o'tkazdim, kompaniyaga nima foydam tegdi, deb o'zingga savol ber

Eski ishlaring bilan g'ururlanma

Eski ishlar, eski odatlar bilan sen faqatgina eski natijalar qila olasan xolos

Kompaniyaga esa yangi natijalar kerak

Kerakli, qadrli, hurmatli xodim bo'l. Shunchaki ishchi emas

Bularga erishish uchun vaqtlar, asablar, ishga bo'lgan mehrlar sarflanadi

Tanqid bu — seni o'stira oladigan yagona narsa

Tanqidni to'g'ri qabul qil va undan to'g'ri xulosa qilgin

Buyurilgan ishni qiluvchi emas, kelajakda buyurilishi mumkin bo'lgan ishlarni oldindan qil

Doimo ishingda Allohdan baraka so'ra

Va doimo o'z ishingni sidqidildan bajar. Kompaniyaga zararing tegmasin

Eng kamida shu qoidaga amal qilgan bo'lasan

Zarar berish ham, zarar ko'rish ham yo'q

@Mardon_Muminjon