Get Mystery Box with random crypto!

Abdulla Qodiriyning otilishiga sabab boʻlgan satrlar... 'Men | Mardon Mo'minjon

Abdulla Qodiriyning otilishiga sabab boʻlgan satrlar...

"Men koʻb umrimni shu yurtning tinchligʻi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, oʻzimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolgʻiz oʻz manfaati shaxsiyasi yoʻlida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprogʻidan yoʻqolmay turib, bizning odam boʻlishimizgʻa aqlim yetmay qoldi.

Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirgʻan boʻlsaq yaqindirki, oʻrus istibdodi oʻzining iflos oyogʻi bilan Turkistonimizni bulgʻatar va biz boʻlsaq oʻz qoʻlimiz bilan kelgusi naslimizning boʻynigʻa oʻrus boʻyindirigʻini kiydirgan boʻlarmiz. Oʻz naslini oʻz qoʻli bilan kofir qoʻligʻa tutqin qilib topshirquchi — biz koʻr va aqlsiz otalargʻa xudoning laʼnati albatta tushar, oʻgʻlim!

Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni toʻngʻuzxona qilishigʻa hozirlangʻan biz itlar yaratguchining qahriga albatta yoʻliqarmiz! Temur Koʻragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulugʻbek va Abu Ali Sino kabi olimlarning oʻsib-ungan va nashʼu namo qilgʻanlari bir oʻlkani halokat chuqurigʻa qarab sudragʻuchi albatta tangrining qahrigʻa sazovordir, oʻgʻlim! Gunohsiz bechoralarni boʻgʻizlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilgʻuchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan oʻsib chiqgʻan giyohlar qargʻishigʻa nishonadir, oʻgʻlim!.."

"Oʻtkan kunlar" romanidan.


@OlimjonHaydarov