Get Mystery Box with random crypto!

Kitob qanday yoziladi? Kitob tugul maqola ham yozmagan mendek | 365 maqsad

Kitob qanday yoziladi?

Kitob tugul maqola ham yozmagan mendek inson uchun juda qiziq savol Bu yil kitob yozishni oldimga maqsad qilib qo'ydim. Ho'sh, bu borada nima qilmoqchiman, nimadan boshlamoqchiman? Avvalo, kitob yozishda niyat xolis bo'lishi, Allohning rizosi, xalq va ummat manfaati uchun bo'lishi kerakligini hisobga olib niyatni to'g'irlab olish kerak bo'ladi. So'ngra internetdan yozuvchilar asarni qanday yozishlari, ishni nimadan boshlashlari, kun tartiblari qanday shular haqida ma'lumot topib, o'rganib chiqaman. Keyin asar mavzusi bo'yicha avval yozilgan asarlar bilan tanishib chiqaman. Kitobni qanday yozish kerakligi haqidagi maqolalarni o'qiyman. Keyin batafsil o'rganib chiqqandan so'ng reja tuzib, qoralamaga kirishsam bo'ladi. Hozir bu ish jarayonda keyinroq yana ish qanday ketayotgani haqida ma'lumot beraman inshaalloh.

Yozmoqchi bo'lgan kitobim mavzusi va nomi aniq bo'lsada ammo hozircha sir bo'lib tursin

@maqsad365