Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi | Manzur Xalq Teatri(Rasmiy)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 112-son qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchi yoshlarni, xalqimizni teatr san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida 2022-yil 21-may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yagona bo‘lgan "Manzur" xalq teatri tomonidan H.H.Niyoziy qalamiga mansub
"ZAXARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI" asari sahnalashtirildi.
Rollarni "Manzur" xalq teatrining iste'dodli yoshlari mahorat bilan ijro qilishdi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor:
Olimjon Mavlyanov


Mazkur spektakl davlatimiz rahbari ilgari surayotgan
INSON QADRIINI ULUG‘LASH qolaversa baxt zebu-ziynat, boylik bilan o‘lchanmasligi, bir-biriga bo‘lgan kuchli sevgi va vafo tuyg‘ulari kabi g‘oyalarni ilgari suradi.

https://t.me/manzurxalqteatrirasmiy