Get Mystery Box with random crypto!

Hammada bo'ladi chuqur o'yga tolish. Ko'pincha sukunatda bo'li | Bookworm📚📖

Hammada bo'ladi chuqur o'yga tolish.
Ko'pincha sukunatda bo'lib qolsam o'z o'y-hayollarimga g'arq bo'laman. Bilmadim, ko'pincha, o'tmishda men bilan yuz bergan va men eslashni ham xohlamaydigan voqealar xayolimga kelib qoladi. Dastlab, qo'rquv qamrab oladi meni, keyin esa shukronalik tuyg'usi. Va Alhamdulillah deyman o'sha vaqtlar o'tmishda qolganiga. Ayni damda (bilmadim qayerdan xayolimga keldi) avariya bo'lgan vaziyatim esimga tushib ketdi. Juda yomon vaziyat edi. Hich narsani anglamay qolganman, transport ag'anayapti va men uning ichida. Bor ovozim bilan kalima qaytarardim-u (tilimda ham dilimda ham nogohon faqat kalima kelgan edi), lekin ovozim o'sha vaqtda chiqqanini ham eslolmayman hozir. Bo'g'zimga bir nima tiqilardi va biz quladik. Allohga shukrki, bizni chiqarib olishdi. Alhamdulillah u vaqtlar ortda qoldi.



Hayotimizda ko'p sinovlar bo'laverarkan ulg'ayganimiz sari