Get Mystery Box with random crypto!

Afrikadagi qishloqlardan biriga yangi imom tayinlanadi. Aqidav | 𝑀 𝑢 𝑠 𝑙 𝑖 𝑚 𝑖 𝑦 𝑛 🌸

Afrikadagi qishloqlardan biriga yangi imom tayinlanadi. Aqidaviy va fiqxiy masalalarda bilimi yetarli boʻlgan bu imomni oʻziga toʻq oilalardan biri iftorlikka taklif qiladi. Imom ketgach uy bekasi xonada turgan pulni yoʻqolganini sezadi. Hech qayerda pul yoʻq. Xonada er, xotin va imomdan boshqa odam boʻlmagan. Er ham imomdan borib pul haqida soʻrashga istihola qiladi.Oradan yil oʻtib Ramazon oyi uni yana iftorlikka chaqiradilar.Shunda er imomdan soʻraydi:
- Taqsir soʻnggi paytlarda sizga boʻlgan munosabatim oʻzgarganini sezmayapsizmi?
- Nega unday deyapsiz?
- Oʻtgan yili ketganingizdan keyin xonadan pul yoʻqolgan?
Buni eshitgan imom yigʻlab yuboradi.
- Nega yigʻlaysiz, sizdan shubhalanganimgami?
Imom koʻzida yosh bilan turib javonda turgan Qurʼon tagidagi pulni olib koʻrsatadi:
- Oʻshanda shamol turib pullarni uchirib yubordi.Ularni yigʻib Qurʼon tagiga bostirib qoʻydim.Men sizning shubhalanganingiz uchun emas, bir yil davomida qoʻlingizga Qurʼon olmaganingizdan yigʻlayapman, birodar...!