Get Mystery Box with random crypto!

Oddiy fikrlar

Telegram kanalining logotibi mantiqsiz_fikrlarr — Oddiy fikrlar O
Telegram kanalining logotibi mantiqsiz_fikrlarr — Oddiy fikrlar
Kanal manzili: @mantiqsiz_fikrlarr
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 211
Kanalning ta’rifi

"Fikrlar oddiy - lekin umid bor"

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-03-05 17:59:26
...
95 views14:59
Ochish/sharhlash
2023-03-05 06:03:28 Yaxshi inson va ajoyib vayner edi
Shu koʻrsatuvdan keyin hurmatim ortgan. Joylari jannatda boʻlsin

121 viewsedited  03:03
Ochish/sharhlash
2023-03-05 05:55:46
"Chiroyli so’zlar rost bo’lavermaganidek,Rost so’zlar ham har doim chiroyli bo’lavermaydi. Bazan ichimdagi gaplarni, misralarga to’plab, yaqinlarimga ulashgim keladi."
#farikmannopov

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Oʻlim haq.
109 viewsedited  02:55
Ochish/sharhlash
2023-03-03 13:43:20 Don't try to understand everything. Sometimes it isn't meant to be understood, but to be accepted. @Mantiqsiz_fikrlarr
122 views10:43
Ochish/sharhlash
2023-03-03 13:41:32 Don't try to understand everything.
Sometimes it isn't meant to be understood, but to be accepted.
@Mantiqsiz_fikrlarr
116 views10:41
Ochish/sharhlash
2023-02-28 22:08:36 Mart
197 views19:08
Ochish/sharhlash
2023-02-28 21:54:57 МАРТГА ҚАРАБ БОРЯПМИЗ

Мартга қараб боряпмиз, моҳим,
Қорлар қандай эрияпти, боқ.
Ортилгандек менинг гуноҳим,
Мунғаяди бунча Бойсунтоғ...
Мартга қараб боряпмиз, гулим,
Ниҳоя бор музлашимизга.
Бойчечаклар ер остида жим,
Интиқ ётар излашимизга.

Биз бахтиёр эдик барибир,
Энтикаман эслаган оним.
Баҳор келар – бағри тўла сир,
Мартга қараб боряпмиз, жоним.
Нега ҳануз нигоҳингда муз,
Бу фаслдан ким бездирди, ким?
Ҳамма мартга боряпти-ю, биз
Ортга қараб боряпмиз, жоним...

Ким бахтли, деб сўрама, асли
Бахтни кутиб ётмаган бахтли.
Қақшатувчи қаҳратон фасли
Сира совуқ қотмаган бахтли.
Ишқ изҳори битган хатини
Ёр қўлига тутганлар бахтли.
Музламаган муҳаббатини
Мартга олиб ўтганлар бахтли!

Жўрабек Рамазон
@Mantiqsiz_fikrlarr
192 views18:54
Ochish/sharhlash
2023-02-27 22:49:17 Asardan iqtiboslar:

Olgan yaralarimiz bizni ulgʻaytiradi. Ammo ularni davolash oʻrniga, shundayligicha saqlab qolishga urinsak, oʻzimizga ziyon qilamiz.


Hayot koʻpincha insonlarni koʻnikishga majbur qiladi.


Musiqaning teran mohiyatini tushunolmasang oʻrtamiyona boʻlib qolasan. Qoʻshiqni hammayam ayta oladi, ammo insonlarning yuragiga hamma ham yetib borolmaydi.


Baxtli boʻlishim uchun menga kimdir emas, musiqa kerak.


Yaxshiman. Oʻlmayman, ammo buni yashash deb ham boʻlmasa kerak.

"Onamning sirli kundaligi"

Teligram
180 views19:49
Ochish/sharhlash
2023-02-27 18:16:26 Sizga shubha qilishadi

Hozir samolyotdaman, Norvegiya shimolida joylashgan Trondheim shahriga ketyappan. U yerda optometristlarga kurs o’tib berishga taklif etishgan.



2008-yil edi, 5-kurs edim, men chet elda o’qish orzusida turli rejalar qilib yurar edim. Karolinska institutiga topshirishga tayyorlanayotgan edim.

Karolinska Yevropadagi eng yaxshi optometristlar tayyorlaydigan institutlardan biri hisoblanadi. (Optometrist bu ko’z kasalliklari bilan ishlaydigan, asosan ko’zoynak va kontakt linzaga ixtisoslashgan, litsenziyalangan mutaxassis. Uzbda bu soha mavjud emas)

Shunda bir chet elda o’qib qaytgan tanishimga men Karolinskaga o’qishga borsam, boshqa sohada o’qisam ham shu optometristlarga o’tiradigan ma’ruzalarda qatnashaman, iloji bo’lsa bemorlar qabulida ham ishtirok etaman deganimda, aniq esimda bor, «sizni kirgizishmaydi unday joylarga» degan edi tanishim.


Hozir ana o’sha Karolinksa, Norvegiya, Yevropa boshqa universitetlarni tamomlagan optometristlarga kurs o’tib berishga taklif etishmoqda.

2023-yil davomida 300+ mutaxassisga kurs o’tippan.



Sizga shubha bilan qarashadi. Aslida u shubha sizga nisbatan emas, o’zlariga nisbatan bo’ladi. Boshqalar maslahatida ular qo’rquvi yashiringan bo’lishini yoddan chiqarmaslik kerak.



Yana bir qiziq fakt. Men o’tgan yili O’zbekistonga borganimda oftalmologlar uchun Toshkentda va Andijonda 3 kun kurs o’tgandim. Keyin kursni online sotish taklifi bo’ldi. Reja qildik, 50 million so’m pul topishni maqsad qildik. Keyin u fikrdan qaytdim va kurs materiallarini o’zbek tilida YouTubega tekinga joyladim. Online kurs qilib pul topmadik.

Hozir 2 soatdan keyin o’sha Uzbdagi kurs materiallaridan foydalanib dars o’taman. Tashkilotchi samolyot biletlari, taxi, hotel, ovqat kabi harajatlarni qoplaydi. Vaqtim va bilimim uchun menga haq to’laydi. 50m haqida o’ylashga ehtiyoj yo’q

Samolyot qo’ndi, hotelga yo’l olaman endi.

Hammaga salomatlik tilab…

Bek Olimjon
27.02.23
Trondheim
151 views15:16
Ochish/sharhlash
2023-02-24 23:01:02 Baʼzi-baʼzida

Baʼzida hamma tashvishlar, muommolar birdaniga kelib qolarkan

Baʼzida bu muommolarni hech biridan chiqa olmay qolarkansan yoki teskarisi

Baʼzida oʻzingni hech kimligingni va hech narsani bilmasligingni anglab yetarkansan (lekin buni doim yodingda tut)

Baʼzida hamma hammasiga "tupurib" qoʻyging keladi. Ishon shunaqa qilsang ham hech narsa(dunyo) oʻzgarib qolmaydi, faqat oʻzing ortga qarab ketasan-> "tubsizlikka"

P.S.. Postdan maʼno qidirmang, maʼnoni oʻzingizdan qidiring, savolni oʻzingizga bering.Nuqta
212 views20:01
Ochish/sharhlash