Get Mystery Box with random crypto!

Kurs bo'yicha savollarga qisqacha javoblar: Kurs narxi qanc | Mantiqiy Fikrlab || Demo

Kurs bo'yicha savollarga qisqacha javoblar:

Kurs narxi qancha?
- 150 ming so'm (1-maygacha)

Darslar qaysi kuni?
- Darslar grafik asosida emas, bu onlayn kurs, yopiq gruppaga qo'shilasiz, videodarslarni istalgan vaqtda ko'rib chiqasiz.

Kurs qaysi sinflar uchun?
- Darslar 3-6-sinflarga mo'ljallangan, lekin bilmini mustahkamlash istagidagi ixtiyoriy sinf o'quvchisi o'qishi mumkin.

Rus tilida ham bormi?
- Yo'q.

Qancha muddat o'tiladi?
- Kurs 1.5 oyga mo'ljallangan 12 ta darsdan iborat, lekin siz bir oy yoki 10 oy ham o'qishingiz mumkin. Muddat cheklanmagan.

Oylik to'lov qancha?
- Kursni bir marta sotib olasiz, oylik to'lov yo'q.

Bitta sotib oldim, ikkita farzandim ko'rsa bo'ladimi?
- Ha albatta, bir marta to'lov qilsangiz barcha farzandlaringiz ko'rishi mumkin.

Mavzularni tushunmasak savollarga kim javob beradi?
- Bir haftada bir marta ustoz bilan jonli muloqot bo'ladi, savollarga javob beriladi. Yopiq guruhda dars ostiga savol yozib qoldirishingiz ham mumkin.

Ingliz tilidan ham bormi?
- Hozircha yo'q.

Onlayn kurs nima, avval qatnashmagandik.
- O'quvchi berilgan videodarslarni mustaqil tomosha qilib, mustaqil topshiriqlarni bajaradi. Maktab darslaridan tashqari bo'sh vaqtida yopiq telegram guruhdagi materiallarni o'zlashtiradi. Eng oddiysi shu, odatda onlayn kurslar biror platformada tashkil qilinadi. Bizning bu kursimiz telegram orqali tashkil qilingan.

Kurslar maqul bo'lmadi, to'lov qaytariladimi?
- Ha, agar yopiq gruppaga qo'shigandan keyin 2 kun ichida darslar sizga maqul bo'lmasa yoki o'zlashtira olmasangiz to'lovingizni qaytarib beramiz.


Bilimga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir. Farzandlarimiz mustaqil ta'limni o'rganishda ularga yordam bering!