Get Mystery Box with random crypto!

Roppa-rosa bir yil oldin, 14-dekabrda Alisher Sa'dullayevning | Ne'matjon Mansurov

Roppa-rosa bir yil oldin, 14-dekabrda Alisher Sa'dullayevning takliflari bilan MPMG(Media and Project Management Group) jamoasi safiga qo'shilgandim.

Esimda, ikki kun oldin Jasur Rahmon, Xudoyor, Javohir Abdullayevlar bilan Nurjahonni ittifoqda ishlaydi deb ustidan kulgandek qilgandik( 2 kundan keyin o'zim "ittifoqchi" bo'lishimni xayolimga ham keltirmagandim-da)

Ishga kelganimda ko'p narsani bilmasdim, Mirzayor Erkinovdan kopirayting, SMM'ni o'rgandim, tajriba orttirdim, shaxs sifatida rivojlandim. Ulug'bek Ismatov, Abdullo, Nurjahon, Anvar aka kabi sohasini "guru"lari bilan tanishdim, birga loyihalar qildik.

Kelgan paytim, birinchi oyda "Vay ahmoq, tayyor o'quv markazni tashlab kelding" degandim o'zimga-o'zim. Ammo hozir MPMG oilasiga kelganim va tanlovim to'g'ri ekaniga ishonchim komil.

Yana qancha faoliyat yuritishimni bilmayman, ammo jamoamiz oldiga qo'ygan maqsadlarida, tengdoshlarim va hamyurtlarimizga foydali loyihalarda o'z hissamni qo'shish uchun bor imkonim bilan harakat qilaman!

Jamoaga kelishimga sabachi bo'lgan, ko'plab loyihalar tashabbuskori Alisher Sa'dullayevga, vaqti kelsa tanbeh berib, boshliq emas, aka sifatida yordam berib kelayotgan Ulug'bek Ismatovga hamda albatta Nodir Abduqodirovga minnatdorchilik bildiraman.

Barchaga rahmat, rus tilida aytganda "Дальше - больше" Xudo xohlasa

@mansurovuz