Get Mystery Box with random crypto!

Juda banalniy tushuntirish niyatida emasman uyni remont qilish | Ne'matjon Mansurov

Juda banalniy tushuntirish niyatida emasman uyni remont qilishdan avval qaysidir tanishimizni uyi yoki pinterestdan, kiyinish bo'yicha qaysidir mashxur va o'ziga yarashadigan kiyim kiyadigan odamdan andoza olamiz.Hayotiy andoza deganda oila qurish, uylanish, turmushga chiqishni nazarda tutdim.Bundachi? "Ota onam ham oila qurishganda bir-birlarini sevishmagan" yoki Sevgini ko'zi ko'r "quruq sevgiga ishonma" degan ko'plab holatlarni ko'ramiz?! Bir xil toifadagilar andoza olishar ekan! Kaminaga bu begona, har birimiz individum va har birimizning o'z hayotiy yo'limiz bo'lishi kerak.Balki qo'shilmassiz! Qarshi fikrning borligining o'zi xursand qiladi
Ya'ni kimdirda nimadir o'xshagani uchun siz ham "shunaqa" qilishingiz shart emas.Kamina avvallari qilgan barcha fuckuplarida bir narsani tushundi, inson o'zi sevayotgan inson bilan turmush, oila masalalaridan avval o'zaro aloqani o'rnatishi kerak ekan.Yani avval otnosheniya keyin bo'laveradi uylanish.Avvalari hatto 2018-yildayam bir qizni uchrashuvga o'zim chaqirib og'irdan og'ir tempda sizga uylanmoqchiman deganman, shu vaqt mashinasi bo'lsa 2018-yilga qaytib bir shartaki tortib kelardim o'zimga
Bir muddat avval ham 28yoshga kiraman, uylanish, uylanish, uylanish deb miyam tor doirada ishlaydigan bo'lib qolgandi, yo'q #sorry taqdir bilan asossiz o'yin qilmayman.Ko'p taqdir bilan o'ynab ko'rganlarni ko'rdim, laja, laja.Shu sababli ham shoshilmayman biroz, bu yil uxladim hisob Hozir birinchi navbatda aloqada iliqlik uyg'otish, o'zaro tushunishni va bir-birini eshitishni o'rganish (ya'ni o'z gapimni gapirib oldim tamom emas) asosiga quriladigan sevgi deng muhabbat deng nima deyishimizdan qat'iy nazar qurish niyatidaman.

Ha 9-dekabrda 28ga to'laman, ha ko'plar 95-96-yil deb o'ylashadi.Lekin bu qiymatlar unchalik muhim emas.Hozir qalbni kapital ta'mirlash jarayonidaman.Kecha misol uchun to'liq shu bilan shug'ullandim, ishga ham bormadim.Qalb muzlaganiga qishning bir bir chiqib turgan quyoshi o'z nurlarini sochayapti.Kapital ta'mirdan keyin qalb ham o'zini borligini his qiladi.
Bilasizmi nimasi qiziqarli darajada alam qiladi) Bitta hayotni yashash kerakligi. Yani 15tacha qizlar simpatiya bildirishgan, ularning barchalari sevilishga loyiq! Lekin kamina bitta, uning bo'lisha oladigan hayoti bitta...
Balki sizda ham shunday alam-cha bordur.Qizig'a.

Ochig'i instagramu telegramlarda flirt dialoglarimni yig'ishtirishim kerak.Yomon o'ylamang, lekin bu ham odamni kattaroq tuyg'udan chalg'itadi.Ya'ni siz 4-5 xil salatdan to'yib qolib tansiq taomni o'ylamaysiz, yoki oldingizga kelsa ham qorinda unga yetarli joy yo'q.

Ongning o'yinlari ko'p, yozishaver, kompliment qil deb boshni garang qiladi.Shu vaziyatda ko'ngilni force start qilib eshitish kerak ekan.Shunda birovni ham o'zingni ham aldamaydi odam.Haqiqiy tuyg'ular, iliq va qalbda olovni yoquvchi tuyg'ular istaydi bu inson ko'ngli.

Yurak tez urib ketadigan, kim bo'lishingdan qat'iy nazar oyoqlaring o'zinga bo'ysinmaydigan holatlarni qumsab qolganmane, ko'zlarida o'zimni ko'rib shu qiz bilan butun umrimni o'tkazsam devorgilarim kelayapti.Kulib turgan ko'ziga qarab cho'kib ketsang.Qo'lini ushlaganingda yuragingda Quyosh yadrosidagi darajada issiqlik bo'lsa O'tayotgan vaqt butun koinot uchun ta'sir qilsa ham bizga ta'sir qilmayotgandek bo'lsa.Shunaqa bo'ladiku? to'grimi? O'zim to'qib chiqarmayabmanku a?!

Agar shunday bo'lmasa demak hamma kitoblaru, kinolar yolg'on bo'ladi.Hayotda ulardanda kuchli bo'ladi, bunga ishonchim komil.
Shunaqasini topmasangiz, bir o'ylab ko'ring taqdir bilan o'yin qilmayabsizmikin???

Hozir oilali bo'lib shu hislarni unutvorganlar bo'lsa, uyg'oninglar! Bolalaringiz sizdan andoza olishadi.

Kamina esa xudo umr bersa 100 yoshida ham kampiri bilan qo'l ushlashib Miami yoki Capri qirg'oqlarida yurmoqchi, parochka bo'lib Kampir qayerdasane

O'zingizga savolda : Siz men ta'riflagandek sevishga sevilishga qodirmisiz? Qalbingiz shunday hislarni istaydimi o'zi? Yoki ko'proq oiladagi boshqa yaqinliklar qiziqroqmi?Yoki turmush, oila diplomatik aloqalarmi siz uchun?

Allambalo post yozdim.Mavzular o'zgardi.