Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Muhammadali Eshonqulovdan ilhom olgan holda qisqagina da | Mansur_life

Ustoz Muhammadali Eshonqulovdan ilhom olgan holda qisqagina davom ettirishga harakat qildik.

Agar sen ko'chalarda faqat Chevrolet avtomobillarni ko'rsang demak — O'zbekistondasan.

O'zi ko'chada velosiped minib yurib, lekin to'yida Malibuga minib yurganlarni ko'rsang — sen O'zbekistondasan.

Mehmonga deb toza chinni choynak-piyola va shirinliklarni olib qo'yib, o'zi oddiygina dasturxonda o'tiradiganlarni ko'rsang demak — sen O'zbekistondasan.

Agar sen uzundan-uzun tartibsiz navbatlarni ko'rsang demak — sen O'zbekistondasan.

Mehmon ketgandan so'ng dasturxon atrofida o'zlariga-o'zlari bazm qilayotgan bolalarni ko'rsang demak — sen O'zbekistondasan.

Agar sen yo'lda har 300 metrda metan va Andijon marojnini ko'rayotgan bo'lsang aniq — sen O'zbekistondasan.

Chetda 4 yil ishlab kelib uylarni qasr qurib, tagiga bitta damas olib, to'ylarni odamlar nima deydi deb qarzga bo'lsa ham zo'r qilib oxiri metanga ham pul qolmagandan keyin mashinani ustini yopib yana (o'g'il bollar yosh xotinini tashlab) chetga ishga ketadiganlarni ko'rsang bilki — sen O'zbekistondasan.

O'z davlatida tabiiy gaz bo'la turib lekin tappi qo'yayotgan odamlarni ko'rsang bilki — sen O'zbekistondasan.

4 yil Oliy ta'limda o'qib, ko'chada taksi yoki boshqa ish qilib yurganlarni ko'rsang — sen O'zbekistondasan.

Har qadamda dorixonalarni ko'rayotgan bo'lsang bilginki aniq — sen O'zbekistondasan.

@Mansur_life