Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taola bizni faqat o’ziga ibodat qilishimiz uchun yaratga | 🍃 ℳαηοใι Sõzใαr 📝

Alloh taola bizni faqat o’ziga ibodat qilishimiz uchun yaratgan. Shunday ekan insonning bu dunyoda yashashidan asosiy maqsadi ham unga ibodat qilish bo’lmog’i kerak. Alloh taologa ibodat qilish zotning buyruqlarini bajarish va u zot qaytargan narsalardan qaytish, halollik sari intilib haromdan yiroq bo’lish ila bo’ladi. Bularga to’la to’kis rioya qilib, hayotini shu tarzda, Allohga taqvo qilib o’tkazgan inson ikki dunyoda saodatiga erishadi. Taqvodor banda esa insonlarning Allohning nazdidagi eng ulug’i va mukarramidir. Bu to’g’risida Alloh taolo Qur’oni Karimda;


“Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir”. (Hujurot, 13-oyat)


Albatta, Alloh bizni o’ziga ibodat qilishimiz uchun yaratgani sabab, bizning qalbimizga va qilayotgan amallarimizga qaraydi va shunga ko’ra hisob kitob qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday deganlar:


“Albatta Alloh sizlarning suratlariningizga va mollaringizga qaramaydi. Lekin u sizlarni qalblarinigizga va amallaringizga qaraydi”.