Get Mystery Box with random crypto!

O‘n besh yil komada yotgan kishi (hayotiy voqea) Bir ayol o | Manoli so'zlar kanaliga kirish

O‘n besh yil komada yotgan kishi

(hayotiy voqea)

Bir ayol oilasining boshidan o‘tgan voqeani hikoya qiladi:
“Erim yosh, hayotga qiziqishi kuchli, harakatchan hamda nihoyatda kelishgan, chiroyli yigit edi. Dindor va chiroyli xulq egasi edi. Ota-onasiga ko‘p yaxshilik qilguvchi insonlardan edi.
1980 yil turmush qurdik. U bilan birga Saudiyadagi boshqa oilalar singari otasining uyida yashar edik. Ota-onasiga qilgan yaxshiligini ko‘rib hayratga tushardim. Allohga men uchun ushbu erni nasib qilgani uchun hamd aytardim. Turmushimizga bir yil o‘tib, qiz farzandlik bo‘ldik. Keyinroq erimning ishi mamlakat sharqidagi mintaqaga ko‘chdi. U bir hafta ishiga ketib, o‘sha yerda qolar va kelib uyimizda bir hafta bo‘lardi. Uch yil mana shunday o‘tgan, qizim to‘rt yoshga kirgan edi. 1985 yil ramazon oyining 9-kuni, uyimizga qaytayotib, Riyozda mashinasi ag‘darilib ketib avtohalokatga uchradi.
Buning orqasidan kasalxonaga yotqizildi. U koma holatiga tushdi. Davolayotgan mutaxassis shifokorlar erimning miya faoliyati umuman to‘xtaganini va 95 foiz miya hujayralari talofatga uchraganini bildirishdi. Bu voqea bizga juda alamli bo‘ldi. Xususan, uning yoshi o‘tgan ota-onasiga qattiq ta’sir qildi.
Otasini qattiq yaxshi ko‘radigan Asmo qizimizning savollari ichimni tirnardi. Dadasi unga yaxshi ko‘radigan o‘yinchog‘ini olib berishni va’da qilgandi. Biz har kuni navbatma-navbat erimning holini bilgani borib turardik. Lekin uning holati o‘zgarmas edi. Besh yil o‘tganda, ba’zi odamlar menga qozilikka borib, erimning miyasi o‘lganligi va u tirilishiga umid yo‘qligini aytib, qozidan taloq olishimni maslahat berdi. Ba’zi shayxlar er kishining miyasi o‘lganligi aniq bo‘lgan tarzda ayol kishi taloq olishi mumkin deb fatvo berdi. Biroq men bundan qat’iyan bosh tortib, modomiki, erimning jasadi yer ustida ekan, taloq olmasligimni aytdim. Yoki boshqa o‘liklar singari dafn qilinsin, yoki Alloh bir ishga boshlaguncha uni mendan ayirmasinlar, dedim. Endi asosiy ahamiyatimni qizchamga qaratdim. Qizimni Qur’on yodlatish madrasasiga olib kirdim. U o‘n yoshga to‘lmasdan Qur’onni to‘liq yod oldi…
Keyinchalik qizimga otasiga nima bo‘lganini aytdim. U doim otasini yodga olar, gohida yig‘lar, gohida ichiga yutar edi. Qizim hamma farz namozlarini o‘z vaqtida o‘qirdi, yetti yoshga kirmasdan turib kechaning oxirida turib ibodat qilardi. Rahmatli buvisi va bobolari bilan birgalikda menga uni chiroyli tarbiya qilishni muvaffaq qilgan Allohga hamdlar aytaman. Qizim men bilan birga vaqti-vaqti bilan dadasini ko‘rgani borar, ba’zida esa salom yo‘llar, shuningdek, dadasining nomidan sadaqalar qilar edi.
90-yillarning boshida kunlarning birida qizim menga karab: «Ey, onajon, meni dadamning oldida qo‘yib keting, bu kecha dadamning yonida yotib qolay», – dedi. Bir oz ikkilanib turdim-da, keyin rozi bo‘ldim. Qizim so‘zlaydi:
“Dadamning yoniga o‘tirib, Baqara surasini o‘qiy boshladim. Uni o‘qib bitirdim. Keyin mudroq bosgandi, uxlab qoldim. Tursam, go‘yo yuzimni tabassum qoplaganday, qalbim esa orom olganday bo‘ldi. Shuning uchun o‘rnimdan turib, tahorat qildim va Alloh qodir qilguncha namoz o‘qidim. So‘ng namozgohimda ikkinchi marta mudroq bosdi. Lekin xuddi bir kishi menga: “Tur, qanday qilib Rahmon Zot uyg‘oq bo‘lsa, sen uxlaysan?! Alloh biron bandasini quruq qaytarmaydigan bu ijobat soatida qanday uxlaysan?” deganday bo‘ldi. Xuddi bir yo‘qotgan narsamni eslaganday bo‘lib turdim. Qo‘limni ko‘tardim, dadamga qaradim, ko‘z yoshlarim to‘lib oqayotgan edi… va duo qildim:
«Ey, Robbim, Ey, tiriklik va qayyumlik sifatiga ega Zot!
Ey, Jabbor! Ey, Buyuk Zot!
Ey, hamma narsadan oliylikdagi Zot!
Ey, Rahmon! Ey, Rahiym!
Mana bu mening dadam – Sening bandalaringdan biridir, unga musibat yetdi, biz esa sabr qildik va Senga xamdlar aytdik.
Sen bizga qazo qilgan hukmingga rozi bo‘ldik».
«Ey, Alloh, u Sening xohishing va rahmating ostidadir!»
«Ey, Alloh! Ey, Ayyubga dardidan shifo bergan, Musoni onasiga qaytargan, Yunusga baliq qornida najot bergan va olovni Ibrohimga sovuq va salomatlik qilgan Zot! Dadamga tushgan darddan O‘zing shifo bergin! »

@Manoliso