Get Mystery Box with random crypto!

IBRATLI VAQT ​​Bir qo‘shnimiz bor edi. Yaxshi hamsuhbat, sok | Manoli so'zlar kanaliga kirish

IBRATLI VAQT

​​Bir qo‘shnimiz bor edi. Yaxshi hamsuhbat, sokin tinglovchi, kirishimli va hamma hurmat qiladigan, maqbul inson edi. Bir kuni ko‘chaga chiqsam, mashinasini tayyorlayotgan, qayergadir ketoqmoqchi, yo‘l taraddudini ko‘rayotgandi. Borib asta nazar soldim. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida yigirmadan ortiq quti shokolad bor edi. Unga salom berib:
- Yo‘l bo‘lsin, qayerga ketyapsiz, qo‘shni? - dedim. Alik olib, menga chiroyli kuldi. Tabassumining ma’nosini tushunmadim.
-Menga hamrohlik qilishni istaysizmi? - dedi.
- Ha, mayli, faqat uzoq joy emasmi? - dedim.
- Yo‘q, Xudo xohlasa kech qolmasdan qaytamiz. - dedi.
Ko‘chamizdan o‘rtacha tezlikda, qirq daqiqalik yo‘l yurib, bir mahallaga keldik. U yerdagi uylar xaroba, nochor insonlarniki ekanligi ma’lum edi. U kishi mashinani to‘xtatdi. Tushdik. Shokoladlarni oldi. Avvalgi eshikni qoqdi. Eshikni ko‘pgina bolachalar ochishdi. U kishini ko‘rib juda xursand bo‘lib ketishdi.
- Onajon, shokoladchi amaki keldilar, - deb onalarini chaqirishdi. Ularga bir quti shokoladni berib, bolalar bilan ozgina suhbatlashib, ketishga izn so‘radi. Ikkinchi eshikni taqillatdi. Eshikni keksa yoshli ayol ochdi. Uning haqqiga ko‘p duolar qildi. «Alloh sizga jannat eshiklarini ochsin. Mevalari bilan siylasin. Bolajonim, bizni eslabsiz, yo‘qlabsiz, Alloh sizni eslasin!» dedi. Unga ham bir quti shokolad berdi. Iznini oldi. Shunday qilib, har bir eshikdan ayricha go‘zal duo - salomlar, tashakkurlar eshitildi. Shokoladlarni tarqatib bo‘lib, moshinaga o‘tirib, uyimiz tomon yo‘naldik. Men hayratda edim. Unga:
-Qo‘shni, sizni Alloh yorlaqasin! Juda yaxshi ish qildingiz - da. Lekin, bir savol tug‘ildi. Nimaga ularga o‘sha bir quti shokoladni pulini berib qo‘ya qolmaysiz? Ular o‘zlari bilgunlaricha, kerakli narsalarni sotib olishgan bo‘larmidi? - dedim. Savolim ajablantirgandek u kulib yubordi. Orqa o‘rindiqqa qarab qolgan bir quti shoqoladni olib menga berdi.
- Oching, uni. - dedi. Men uni ochib ko‘rdim. Uning ichida shokolad bilan birga usti o‘ralgan pul ham bor edi. Hayratim yanada oshdi.
- Nima puli o‘zini shundoqqina berib qo‘ya qolmadingiz, qo‘shni? - dedim. U odatdagiday kulib dedi:
- Men shokoladni yaxshi ko‘raman. Har kuni yeyman. Alloh taolo: «O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz.», deydi. Faqirning ham, bizni yegimiz kelgan narsadan yegisi keladi.

Dunyo ishlari molning turiga qarab, o‘z o‘lchovi bilan: Temir tonnada; Meva kiloda; Tilla gramda; Olmos karatda o‘lchanadi. Lekin... Oxiratning amallari esa, zarralar bilan qiyoslanadi. «Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radi. Va kim zarra og‘irligida yomonlik qilsa ham ko‘radi»
«Allohning moli qimmat. Allohning moli - jannat» «Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar... Allohim, bizni o‘zgalarni o‘z nafsimizdan ustun qo‘yadiganlardan qil! Allohim, har oningizda yaxshiliklarga muvaffaq qilsin! Xayotingiz shokoladdek totli o‘tsin!


@islomiy_Statuslarii