Get Mystery Box with random crypto!

Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer y | Manoli so'zlar kanaliga kirish

Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qoldirmas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha ortga surur. Bas, qachonki muddatlari kelsa, uni biror soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar. («Nahl» surasi, 61-oyat)

Alloh taolo insonni yaratadi. Unga jon ato qiladi. Turli a'zolar, qobiliyatlar va xususiyatlar beradi. Shuningdek, yuqoridagi oyatlarda zikr qilinganidek, sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan nozu ne'matlarni beradi. Dunyodagi barcha maxluqotlarni unga beminnat xizmatkor etib qo‘yadi. Tabiiyki, inson shukr qilishi, Allohga iymon keltirib, ibodat qilishi lozim edi. Ammo ko‘pchilik shukrni unutadi. Allohga iymon keltirmay, kofir yoki mushrik bo‘ladi. Unga isyon etadi. Bu ish katta zulmdir. Alloh taolo shirkni «ulkan zulm» degan.

Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

@Manoliso