2022-10-11 06:26:01
Gap Egasini topadi!!!
Ey, sen! Ha aynan, senga gapiryapman, yigitni guli. Adashganim yo'q. Nima deyotganimni yaxshi bilaman. Aytadigan gaplarimni shu telefonga yopishib qolgan, chiroyli qizlardan boshqasini ko'rmaydigan shu katta-katta ko'zlaring bilan ham o'qib, ham uqib ol!
Birinchidan, qiz bola senga o'yinchoq emas, xohlaganingda ermak qiladigan. Buni bilib qo'y!
Ikkinchidan, sen o'zingni kim deb o'ylayapsan?! Shunchasi bilan yurib yurib, ertaga Allohdan soliha ayol so'rashdan uyalmaysanmi?! (Uyat nima bilasanmi, o'zi?)
Uchinchidan, sodda, qalbida kiri yo'q ojiza muslima qizlarni nomini bulg'ab, maza qilyapsanmi? Unda omadingni bersin. "Gazini bos". Erta bir kun o'zingni kimingnidir nomini bulg'ab ketishsa ko'rasan haqiqiy maza nimaligini!
O'sha payt hayron bo'lib yurma, tag'in "Gunohim nima?", "Kimga yomonlik qilibman?" deb...
_Gapni qisqa qilaman. Barchasini Allohga topshiraman. Robbim o'zi insof bermasa, bandasi ojizlik qiladi sendaka "ERKAK" larga !!!
`P.s.: Kimga yuborishni o'zingiz yaxshi bilasiz. Buni aytib o'tirmayman. Lekin bilamanki, gap egasini, albatta, topadi !!!
Кanalga Obuna bo'ling ➥ @Ma'noli_So'zlar
996 views03:26