Get Mystery Box with random crypto!

Ey ayol Ehtimol ering rahbaridan tanbeh eshitgandir; Ehtimo | @Manoli_armonl_glavniga_statuslar

Ey ayol

Ehtimol ering rahbaridan tanbeh eshitgandir;

Ehtimol ering ishxonasida kamsitilgandir;

Ba’zida seni va farzandlarini deb hayotini xavf ostiga qo‘yayotgandir;

Uyga maoshni to‘la olib borish uchun ba’zida tushlik qilmay och qolgandir;

Eringga g‘azab qilishdan oldin tanasidan qancha ter tomganini bil;

Eringga g‘azab qilishdan oldin ko‘zidagi charchoqqa boq;

"Er bo‘lgandan keyin ishlaydi, boqadi-da, uning vazifasi" deyishga shoshma.

Erlik vazifamni, farzandlarimga otalik mas’uliyatimni his qila olyapmanmi, ularga Dinini o‘rgata olyapmanmi, Namozga chorlay olyapmanmi deb ko‘zidan duv-duv yosh quyilgandir;

Har bir oila boshlig‘i oila a’zolarining baxtli bo‘lishini, dunyo va oxiratda najot topishini istaydi;

Agar sen dugonalaring, opa-singillaringdek libos kiya olmayotgan bo‘lsang, darhol eringni ayblama sabrli bo‘l

Unutma oqila ayol modani deb erini o‘ylamaydigan emas balki erini deb modani o‘ylamaydigan ayoldir

Кanalga Obuna bo'ling
@Ma'noli_So'zlar