Get Mystery Box with random crypto!

Blokcheyn — texnologiyasi foydalanuvchilarga vositachisiz bir- | MANGU♾INNOVATION

Blokcheyn — texnologiyasi foydalanuvchilarga vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini yaratadi. Blokcheynda pul koʼchirmalari haqidagi yozuvlar xotirada saqlanadi. Kriptovalyutalarda aynan blokcheyndan kim, kimga va qancha virtual pul oʼtkazganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek, blokcheynda boshqa aktivlarni ham saqlash imkoniyati mavjud. Umuman olganda, nimani qogʼozda yozishning imkoni boʼlsa, xuddi shu funksiyani blokcheynda ham amalga oshirish mumkin boʼladi, faqat birgina farq – blockcheynda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning imkoni yoʼq.

Blockcheyn gʼoyasining yorqin namunasi - bu Ethereum texnologiyasi bo’lib, platforma blockcheynda ilovalar yaratish uchun moʼljallangan. Efir (Ethereum) - bu blokcheyn asosida qurilgan Bitkoin singari raqamli valyuta bo'lib, unda pul operatsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlar yozib qo'yiladi. Ko'pincha, efir bitkoinga raqobatchi sifatida qaraladi, ammo uning farqli jihatlari ko’p. Ethereum texnologiyasi noyob imkoniyatga ega. Bu sizga har qanday aktivlar bilan har qanday operatsiyalarni an'anaviy huquqiy jarayonlarga murojaat qilmasdan blokcheyn turidagi shartnomalarning taqsimlangan bazasi asosida ro'yxatdan o'tkazishga imkon beradi. Bu “aqlli shartnoma” deb nomlanuvchi texnologiya sanaladi.
Dastur asosiy darajadagi Ethereum blokcheynining erkin ommalashgan Geth mijoziga qoʼshimcha hisoblanadi.
Dastur arxitekturasi mikroservislar deb nomlangan zaif bogʼlangan modullar prinsipiga asoslanadi, ularning har biri oʼz mantiqiy va servislararo aloqalar uchun interfeyslarga ega. Xizmatlar blokcheyn bilan oʼzi ishlab chiqqan maxsus smart shartnomalar orqali oʼzaro aloqa qiladi. Dastur blokcheynga tranzaksiyalarni yozish tezligini 1000 martaga oshirish, blokcheyn tarmoqlarini boshqarish uchun qulay interfeysni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Dastur yangi modullarni, smart shartnomalarni va yordamchi mantiqlarni qoʼshish orqali kengaymoqda va shu bilan blokcheyn dasturlarining ekotizimini shakllantirmoqda.

Platformaning asosiy mikroservislari quyidagilardan: avtorizatsiya qilish, P2P-VPN yashirin tunnel tarmogʼi, tizim konfiguratsiyasini boshqarish, hisob-kitob holati monitoringi, boshqaruv va foydalanuvchilarni boshqarish, tashqi IM integratsiya interfeysi, Internet/intranet shlyuzdan iborat.

Azaldan qudratli bo'lgan rus og'alarimiz o'z blokcheyn ekosistemasiga 2013 yilda asos solishni boshlagan.

Xo'sh endi savol: Biz qachon boshqa serverlarga qaram bo'lmagan, bank tizimini taraqqiyot sari tubdan o'zgartirib yuboradigan, sohalarga ta'sir o'tkazib aholimiz yashash tarzini yevropa darajasiga ko'tarish imkoniyatia ega, umuman O'zbekiston iqtisodiyotiga bevosita ta'sir ko'rsatish qudratidagi o'z blokcheyn tizimimizni ishga tushiramiz?!

National Uzbek Blokchain System

#Mangu #MNG #MNGUZ #NUBS

+998712008788;
@mangucompany

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube