Get Mystery Box with random crypto!

💞MANGUSEVGI💞

Telegram kanalining logotibi mangusevgi — 💞MANGUSEVGI💞 M
Telegram kanalining logotibi mangusevgi — 💞MANGUSEVGI💞
Kanal manzili: @mangusevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 140
Kanalning ta’rifi

ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴇᴋᴜᴍ
xᴜʀᴍᴀᴛʟɪ ᴋᴀɴᴀʟɪᴍɪᴢ
ᴏʙᴜɴᴀᴄʜɪʟᴀʀɪ ᴋᴀɴᴀʟɪᴍᴢᴅᴀɴ ᴏᴢɪɴɢɪᴢɢᴀ ʏᴏǫǫᴀɴ ʙᴀʀᴄʜᴀ ɴᴀʀsᴀʟᴀʀɴɪ ᴛᴏᴘɪsʜɪɴɢɪᴢ ᴍᴜᴍᴋɪɴ

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-02-14 09:32:23 Sizni sevmagan insonlarni hayotingizdan qo'yib yuboring!

Bu hayotingizda qilishingiz kerak bo'lgan eng qiyin va muhim narsa hisoblanadi.

Sizni sevishni xohlamaganlarga sevgingizni berishni to'xtating.
O'zgarishni istamaydigan insonlarni o'zgartirishga urunishlarni bas qiling.
Sizga befarq bo'lgan insonlarni yoniga borishni to'xtating.
Sizni sevolmagan insonlarga sevishizni takror takror aytishni to'xtating.
Sizning aqlingiz xammaning roziligini olishing kerak deya bot-bot takrorlashini bilaman.
Lekin xammani xursand qilish bu sizning
vaqtingizni,
aqliy va jismoniy kuchingizni
Sog'ligingizni
Energiyangizni
Yoqotadi.
Endi bir o'ylab ko'ring. Siz boshqalarni rozi qilish uchun yashaganizda o'zizda quvonch xis qilasizmi?
O'zingizni baxtiyor qiladigan, qalb yumushlari bilan shug'ullanganizda esa xamma xam sizni samimiy qabul qilmaydi.
Bu siz noto'g'ri qilayapsiz degani emas.
Bu o'zingizni o'zgartirishingiz kerak degani xam emas.
Bu sizni borizcha qabul qila olmaydigan insonlarni sevishni to'xtatish kerak degani!

Siz sevadigan o'sha insonlar sizni rad etishsa, xaqorat qilishsa, e'tiborsiz qoldirsa siz ularni e'tiborini qozonish o'zingizni bag'ishlashingiz kerak emas.
Azizim bitta narsani tushunishingizni xohlardim:
Siz atrofingizdagi barchani ko'nglini olish uchun yaratilmagansiz!

Sizni Atrofingizda millionlab insonlar bo'lmasin mayli.
Lekin haqiqiy muhabbat bilan munosabatda bo'ladigan insonlar bilan butun dunyo go'zalligini his qila olasiz.
O'zingizni qanchalik sevimli, qadrli kerak ekanligizni his qila olasiz!
Ammo biz xayotimizning eng ko'p qismini bizni sevmagan insonni sevishga, u uchun qayg'urishga, sarflaymiz.
O'zingizga chetdan turib bir razm soling naqadar kulgili holat bu?
Sizda savol paydo bo'lishi mumkin
Bu sayyorada milliardlab insonlar mavjud bo'lsa nega aynan menda shu muammo mavjud?
Nega boshqalar sevgani bilan baxtli?
Nega meni atrofimdagi barcha o'z qadrini bilmaydi unda?
Gap shundaki, siz atrofingizga o'zingizdan chiqarayotgan vibratsiyalaringiz atrofingizdagi insonlarning vibratsiyalari bilan bitta darajaga teng!
Shuning uchun atrofizdagi barcha insonlar muammosi sizni muammoingiz bilan o'xshash bo'ladi.
Siz o'zingizni xayotingizda yashamasdan, boshqalarni shaxsiy xayotida qolaversangiz siz shunchalik qadrsiz insonga aylanib boraverasiz.
Ehtimol siz o'zingizni xayotingizda yashasangiz sizni xech kim yoqlab kelmas,
Balkim siz shu paytgacha o'zizni fido qilib o'rnatgan munosabatlariz tugar.
Balkim sizni telefoningiz kunlar xaftalar oylar davomida umuman jiringlamas...
Bu degani siz munosabatlarni yakunladiz, bunga siz aybdorsiz degani emas!
Bu yerda eng muhim narsa sizni sof energiyangiz saqlanib qoldi!
Va sizni ketayotgan xar bitta energiyangizga yagona xaqli inson bu siz bo'lasiz!

Buni tushunganizda esa sizga mos bo'lmagan insonlar bilan vaqt o'tkazish, sizga mos bo'lmagan ishlarda ishlash sizni sabrsizlantira boshlaydi.

Xayotingizni o'zingiz uchun eng xavfsiz koshonaga aylantiring.
U yerda siz bilan birga faqatgina rivojlangan insonlargina bo'lishi bag'ishlash sizni vazifangiz emas!

@MANGUSEVGI
┄┅অঠই✯ ✯ইঠঅ┅┄
85 viewsUMIDA, 06:32
Ochish/sharhlash
2021-02-14 09:31:32
54 viewsUMIDA, 06:31
Ochish/sharhlash
2021-02-14 06:39:30
* * *
​​Qalb ajoyib narsa. Unda hammaning oʻrni bor ... Va hech kim hech qachon birovni oʻrnini toʻldira olmaydi. Shunday vaqtlar boʻladiki atrofing toʻla odam, lekin yolgʻizsan ...
Chunki kimdir yoʻq...

@MANGUSEVGI
┄┅অঠই✯ ✯ইঠঅ┅┄
91 viewsUMIDA, 03:39
Ochish/sharhlash
2021-02-14 06:20:18
Sevishganlar kuni muborak azizlarim, har biringizga ilohiy sevgi va ilohiy baxt tilayman, sevaman har birizi, har bir zarrachamni, har bir bo'lagimni sevaman!!!




@MANGUSEVGI
┄┅অঠই✯ ✯ইঠঅ┅┄
110 viewsUMIDA, 03:20
Ochish/sharhlash
2021-02-14 06:12:22
​​#Xayrli_tong

Inson tabiatan doim xayrlisiga tolibdir...

Kulsak ham, yigʻlasak ham, xayrlisini tilaymiz... Yashasak ham, hatto ketar chogʻda ham xayrlisi boʻlsin deymiz...

Mayli, istaganlarimiz boʻlmasin, Alloh bizdan rozi boʻlsin! Ana oʻsha haqqimizdagi eng xayrlisidir...

Yakshanba tongingiz xayrli boʻlsin, qadrlilarim.

@MANGUSEVGI
┄┅অঠই✯ ✯ইঠঅ┅┄
84 viewsUMIDA, 03:12
Ochish/sharhlash