Get Mystery Box with random crypto!

BOLA VA HOJATXONA MASALASI Bolaning tagini almashtrish va toz | manfaat books

BOLA VA HOJATXONA MASALASI

Bolaning tagini almashtrish va tozalash bir qancha ona uchun savollarga to'la jarayondir. Ba'zi onalar kichkina bolaning tagini almashtirganda uning yonida opasi yoki akasi bo'lishining xavotirli tomoni bor yo'qligini bilishni istaydi. Bunday holda katta farzand qarshi jins vakili va balog'at arafasidagi yoshda bo'lsa, u yerda turmagani ma'qul. O'g'il bolaning tagini almashtirganda to'rt yoshli opasi ham bo'lsa, ukasini ko'rganida hayron bo'ladi.

Ukasining tanasi o'zinikidan nega boshqacha ekanini bilishni, unga teginishni istaydi. Bolani bunday vaziyatga solish, uni oldini olib bo'lmaydigan savollar bilan mashg'ul qilishdan ko'ra ukasining tagini u yo'qligida almashtirgan ma'qul.

Ba'zi onalar qizchasining tagligini otaning yonida almashtirishni istamaydi. Xolbuki, bunday xavotirga o'rin yo'q. O'g'il bola uchun onasi kim bo'lsa, qiz bola uchun otasi ham shunday kishidir. Biroq zarurat bo'lmasa, bolaning tagini faqat ona almashtirgani yaxshi. Agar ona bo'lmasa, har xil kishilarning emas, ma'lum bir kishining almashtirishi to'g'ri bo'ladi.

davomi bor...

"Mahramiyat tarbiyasi" kitobidan

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter