Get Mystery Box with random crypto!

Manfaat umidida . . .

Telegram kanalining logotibi manfaat_umidida — Manfaat umidida . . . M
Telegram kanalining logotibi manfaat_umidida — Manfaat umidida . . .
Kanal manzili: @manfaat_umidida
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

✨ Bu kanalda tib sohasida oddiygina bir tolibi ilm — Yoqubjon Latifov tomonidan Siz azizlarga manfaatli bo‘ladi, degan umidda foydali ma'lumotlar ulashib boriladi 😊
✨ Allohim, barchamizga manfaatli qilgin 🤲🏻

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-23 01:03:00
#juma_muborak
﴿ وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٍ ﴾

Va albatta, sen ulkan xulqdasan.
(Qolam surasi, 4-oyat)

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
16 viewsYoqubjon Latifov, 22:03
Ochish/sharhlash
2022-12-22 18:02:03
#Кун_ояти

"Қуръон тиловат қилганда, уни тингланглар ва жим туринглар, шояд, раҳматга эришсангиз".

«Аъроф сураси», 204-оят

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19 viewsYoqubjon Latifov, 15:02
Ochish/sharhlash
2022-12-22 09:11:02 Samolyotdagi taom halolmi?

2/2

2016-yili Toshkent xalqaro aeroportining "Ketering" boʻlimida yaʼni Toshkentdan uchadigan samolyotlarni oziq-ovqat bilan taʼminlovchi oshxonasida ikki sutka yollanma tarjimon boʻlib ishlaganman. Xalqaro anjumanda qatnashayotgan boshqa davlat rahbarining oshpazlariga yordam berish uchun. (Aytgancha, men hayotimda bunchalik jiddiy qoʻriqlanadigan joyga kirmaganman. Kirish-chiqishdagi nazorat judayam-judayam qattiq edi. Bu tadbirdan yaxshilik koʻzlangan deb umid qilaman, albatta.)

Ramazon oyiga toʻgʻri kelgan edi. Ish payti saharlik va iftorlikni ham oʻsha yerda oshxona xodimlari bilan birga qilardik. Dasturxonga reyslar uchun tayyorlanadigan turli taom va yeguliklardan tortilardi. Ilk kundanoq mening eʼtiqodimdan boxabar boʻlib qolgan bir xodim ogʻiz ochish yoki yopish payti dasturxondan nimani yeyish mumkin yo mumkinmasligi haqida past ovozda qulogʻimga shipshib qoʻyardi. Qizigʻi, qolgan roʻzadorlar oʻsha taomlarni yeyishardi. Naqadar oʻngʻaysiz bir holat. (Lekin nachora, u kishining ovozi pastlashiga qaraganda, u yerda boshqa gap bor boʻlsa kerak). Men esa tushungan odamning sadaqasi ketsang arziydi deb, xabar bergani uchun minnatdor boʻlib jim ovqatimni yerdim.

Keyinchalik xodimlardan soʻrab-surishtirib nega dasturxondagi hamma yegulikni ham yeb boʻlmasligining (va nega samolyotdagi taomga eʼtiborli boʻlish zarurligining) tagiga yetdim. U yerda turli davlatlardan keladigan turli mijozlarga xizmat koʻrsatilgani sababli qassobning qoʻlidan turli (!) goʻsht mahsulotlari oʻtarkan. Umumiy taomlar uchun umumiy goʻshtxona, halol menyu uchun esa alohida goʻshtxona bor ekan. Kim uchundir yoqimsiz tuyular, ammo men uchun bu juda mantiqiy yechimdek koʻringan. (Qayd etish lozim, halol luqma masalasi faqat ovqatning ichidagi goʻsht bilan cheklanmasligini Koreyada yashab bildik. Alloh nasib qilsa, bu haqida boshqa safar yana bafurja gaplashamiz.)

Xulosa shuki, agar halol menyuni alohida buyurtma qilinmasa, aeroport oshxonasida tayyorlanayotgan umumiy taomlarning goʻshtlarini 100% harom deya olmasak-da, biroz shubhali ekanligi aniq boʻlgandi. Ammo shubhali ekanligining oʻzi undan tiyilish uchun kifoya qiladi. Buni esa hozirgi zamonda aviakompaniya uchun tabiiy bir holat deb qabul qilganman, chunki muhimi tanlov imkoniyati mavjud. Faqat bu haqida siz bilsangiz va avvaldan harakatingizni qilib qoʻysangiz boʻldi: buning uchun bilet xarid qilayotganda sotuvchiga parvoz davomida halol taom istashingizni aytishingiz yoki odamiga qarab qatʼiy taʼkidlashingiz zarur.

Shunaqa gaplar. Safarlar insonga nelarni oʻrgatmaydi deysiz? Ilk safarimdan boshlab to hozirgacha qayerga bormay, albatta nimadir yangi narsa oʻrganaman va bu jarayon hech toʻxtamaydi. Shuning uchun ham safarning foydalari beqiyos. Musofirchilik — haqiqiy hayot maktabi! Musofirchilikda Alloh taolo bizga taʼlim bergan unutilmas hayotiy darslar ham oz emas, faqat bularni eslab yozib qoʻyish uchun tez-tez bir finjondan qahvalashib tursak boʻlarkan.

@javharuz
15 viewsYoqubjon Latifov, 06:11
Ochish/sharhlash
2022-12-22 09:11:02 Samolyotdagi taom halolmi?

1/2

“Ey moʻminlar, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halol-poklaridan yenglar va agar (chindan) Ollohning Oʻzigagina ibodat qiluvchi boʻlsangizlar, U Zotga shukr qilinglar”. Baqara surasi, 172-oyat ("Qur'oni Azim muxtasar tafsiri", Shayx Alouddin Mansur).

Tunov kuni doʻstlar bilan bir finjondan qahva ichgandik. 2014-yili ʻHavo yo'llariʻ reysida halol ovqat masalasida boʻlgan noxush holatni aytib bersam, yigitlar hayron "reys uchun halol ovqatni alohida buyurtma qilish kerakmi?", deb. "Buni koʻpchilik bilmasa kerak, bitta postlik mavzu ekan", deyishdi va shu gap turtki boʻlib kichikkina bir xotira va undan olingan darsni kanalga qoralab qoʻyay dedim.

Bu voqea ilk bor chet elga chiqish paytimda boʻlgan. 2014-yili iyulda Moskvaga uchayotgan edim. Samolyot koʻtarilgach, styuardessa taom keltirdi. Qarasam, oʻzimizning palovxontoʻra, goʻshtlari bilan. Men esa koʻnglim xotirjam boʻlishi uchun soʻrab olay dedim: "oshning goʻshti halolmi?" Negadir samolyot xodimasiga savolim yoqmadi. Tili oʻrischada chiqqan xodima norozi va qoʻpol ohangda "halol menyu xohlasangiz, oldindan buyurtma qilmadingizmi, men qayerdan bilaman buning halol yoki halol emasligini" deb javob berdi. Oʻzi ilk marta samolyotga chiqishim, kamiga hali bir necha soat uchmasimizdan mana bunday muomala. Uning ovoz ohangidan men ham achchiqlandim. Biroz san-manga borib qoldik, boshqa bir xodim kelib vaziyatni oʻngladi. Men esa ilk parvozimdayoq ikkita katta hayotiy dars oldim:
1. Demak reys uchun halol ovqatni avvaldan yaʼni bilet xarid qilayotgan paytda buyurtma qilish kerak.
2. "Havo yoʻllari"da mijozga muomala qilishni bilmaydigan mana bundaylar ham ishlar ekan. (Lekin keyinchalik Tokyo va Seul shaharlariga uchadigan reyslarda bunday xodimlarni uchratmadim. Moskvaning yoki u yerga uchadiganlarning bir siri borga oʻxshaydi.)

Oʻshandan beri 4-5 ta aviashirkatning oʻnlab reyslarida uchdim va har safar aviakassadan bilet xarid qilayotganda taomni alohida buyurtma qilishga odatlandim. (Baʼzida biletchilarning oʻzi musulmon ekanligingizni bilib bu haqida soʻraydigan yoki oʻzi biletga toʻgʻridan-toʻgʻri halol menyu kiritib qoʻyadigan holatlar ham boʻlarkan.) Men bilgan aviakompaniyalarning aksarida bunday imkoniyat mavjud. (Balki boshqa musulmon davlatlardagi aviakompaniyalarda hech bir tanlovsiz halol taom taqdim etilar – aniq bilmayman. Bu haqida bilganlar ma'lumot berishsa, bizga ham ilm bo'lib qoladi.) Agar bilet narxiga taom ham kirsa, halol buyurtma uchun alohida haq to'lanmaydi. Faqat 2017-yili "Air Astana"da halol taom tanlovi yoʻqligi sababli vegetarian menyu buyurtma qilishimga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, Alloh taolo bizga ahli kitobning go'shtini halol qilganligi tufayli, agar boshqa tanlov qolmasa, reys uchun yahudlarning "kosher" taomidan buyurishni ham oʻylab koʻrish mumkin.

Halol taom yeyish yaxshi, albatta, lekin parvoz payti bu jarayon har gal sarguzashtga aylanadi. Samolyot koʻtarilib bemalol boʻlgach, styuardessalar aylanib avval halol buyurtma qilgan yoʻlovchilarni topadi. Qoʻlidagi roʻyxatga qarab "siz falonchamisiz, siz halol ovqat buyurgan edingizmi", deb soʻraydi va birinchi sizga ustiga "MOML" (musulmoncha taom) deb yozilgan taom tashlab ketadi. Baʼzida shunday boʻlganki, styuardessa kelib mendan yoki atrofimdagilardan shu savolni soʻrasa yo halol taom bersa, yon-berimizdagi boshqa vatandoshlar hayrat bilan boqishardi: "iya, bizam musulmonmiz, bizgayam halol ovqat kerak", degandek goʻyo. Hatto baʼzilari ochiq aytishgan ham. Juda qiziq va bir vaqtning oʻzida noqulay holat.

Odamlarni tushunsa boʻladi, bu masalaga hech toʻqnashmagan kishi uchun bu, albatta, yangilik. Ayniqsa, "Oʻzbekiston havo yoʻllari"da uchganda har qanday odam keltirilgan taom 100% halol boʻlsa kerak deb yaxshi gumon qilishi turgan gap. Nega? Chunki kompaniya Oʻzbekistonniki, u yerda ham musulmonlar ishlashsa kerak, ovqati ham halol boʻladi-da oʻz-oʻzidan. Aslida ham shundaymi? Bu savolga javobni quyida boshqa bir xotira bilan davom ettirsak.

@javharuz
15 viewsYoqubjon Latifov, 06:11
Ochish/sharhlash
2022-12-22 07:09:02 Салбчи аёллар ҳижоб ўрашда муслималарга тақлид қилишарди. Чунки ҳижоб аёлларга ҳаё ва виқор бағишларди.

Профессор Стивен Рансимeн, "Салб урушлари тарихи", 2/509.

@MubashshirAhmad
13 viewsYoqubjon Latifov, 04:09
Ochish/sharhlash
2022-12-22 06:08:29
Odam bolasi ajiyb..
Sevmaydi, qidirmaydi, duo qilmaydi..
Keyin baxtsizman deb yig'laydi.
Robbisini qidirmagan, sevmagan, Unga duo qilmagan ko'ngil qanday baxtli bo'lishi mumkin?
14 viewsYoqubjon Latifov, 03:08
Ochish/sharhlash
2022-12-21 08:10:00
#KUN_OYATI

Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin.
(Ibrohim surasi, 40-oyat)

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
13 viewsYoqubjon Latifov, 05:10
Ochish/sharhlash
2022-12-21 06:28:01
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

Жумодул-аввал ойининг 27-куни хайрли бўлсин.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
13 viewsYoqubjon Latifov, 03:28
Ochish/sharhlash
2022-12-20 05:27:03
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

Жумодул-аввал ойининг 26-куни хайрли бўлсин.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
13 viewsYoqubjon Latifov, 02:27
Ochish/sharhlash