Get Mystery Box with random crypto!

4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi? | Davlat Test Markazi

4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

JAVOB: Ha, bor.

Ushbu masala boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan bogʻlandim. Olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu 10% lik chegirma oʻtish baliga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlarning super-kontrakti uchun ham qoʻllanadi.

Masalan, matematika yoʻnalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda oʻsha abituriyent 2 barobar toʻlaydi. Matematika yoʻnalishida stipendiyasiz bazaviy kontrakt narxi 6.412.610 soʻm.

Demak, matematika yoʻnalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming 220 soʻm super-kontrakt toʻlashi kerak edi (2 x 6.412.610).

Endi unga 10% chegirma qoʻllanadi. Yaʼni 1.282.522 soʻm chegirma tufayli super-kontrakt narxi 11.542.698 soʻm boʻladi.

Eslatib oʻtaman, super-kontraktning shkalasi quyidagicha boʻladi:

oʻtish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,1 balldan 2 ballgacha — 2,0 barobari;

2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;

3,1 balldan 4 ballgacha — 3,0 barobari;

4,1 ball va undan koʻproq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland boʻlsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qoʻllanadi. Yoʻnalishlar kesimidagi narxlarni mana bu yerdan koʻrib olish mumkin.

56,7 balldan kam toʻplaganlar mana bu jadvaldagi super-kontrakt narxining baravarini toʻlaydi. Masalan, matematika yoʻnalishida 46 mln soʻm boʻlsa, 56,7 balldan kam toʻplaganlar 92 mln soʻm toʻlashi kerak.

xushnudbek

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi