#MatbuotAnjumani Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga | Davlat Test Markazi
#MatbuotAnjumani Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani
2022-yil 30-avgust kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari.
Ishtirokchilar:
M.Karimov – Davlat test markazi direktori; S.Radjabov – Davlat test markazi direktorio‘rinbosari; F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i; Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatiladi.
Batafsil ma'lumot https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...