Get Mystery Box with random crypto!

“Hammamizga uyat!” — Toshkent viloyati XTB boshligʻi taʼlimi s | Davlat Test Markazi

“Hammamizga uyat!” — Toshkent viloyati XTB boshligʻi taʼlimi sifatini tanqid qildi

Bugun, 23 avgust kuni Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Azamat Kamolovga tegishli audio tarqaldi.

Unda XTB boshligʻi shahar va tumanlar xalq taʼlimi boʻlimi jamoasiga murojaat qilib, keskin fikr bildirgan.

"Biz maktabda oʻquvchilarga 2 baho qoʻymaymiz, lekin oʻqishga topshirsa, elementar bilim yoʻq, demak maktabda sunʼiy baho qoʻyilgan.

25 yillik direktor, ishining tayini yoʻq, sal chora koʻrsang, internetga jar soladiganlar bor oramizda.

Toʻgʻri, kam sonli yaxshi oʻqituvchilar bor, ammo bu salbiy koʻrsatkich 35 ming nafar pedagog uchun yalpi berilgan baho. Tonmang, haqiqat bu”, — deydi Kamolov.

Eslatib oʻtamiz, Xalq taʼlimi vazirining Birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev umumiy oʻrta taʼlim maktablari bolani OTMga kirish uchun tayyorlamasligini maʼlum qilgan edi.