Get Mystery Box with random crypto!

3.000 dollarga Qirgʻizistondagi oʻqishini Toshkent davlat yuri | MANDAT DTM JAVOBLARI ✍

3.000 dollarga Qirgʻizistondagi oʻqishini Toshkent davlat yuridik universitetiga perevod qilib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirgʻiziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi oʻqishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

@AXBOROT