Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​ Qabul kvotalari 66 mingdan 181 mingga, yaʼni 3 baravar | MANDAT DTM JAVOBLARI ✍

​​​​​​​ Qabul kvotalari 66 mingdan 181 mingga, yaʼni 3 baravar ortgan. Ammo sifat yoʻq! – Prezident

Islohotlar qachon amalga oshadi? Agar har bir yoʻnalishda mutaxassislar bilimli boʻlsa, natija biz kutgandek boʻladi. Biz oliygohlarni koʻpaytirdik. Ularning sifati qanday degan savol turibdi. Viloyat hokimlari oʻz hududingizdagi oliy taʼlim muassasi hayoti bilan qiziqib koʻrganmisiz? Yoshlarga qanday bilim berilyapti, yashash joyi qanday? Qaysi tarmoq bilan birlashtirish mumkin taʼlim muassasasini? Hech qaysi viloyat, shahar hokimini bu savol qiynamayapti.

- Oliy taʼlim muassasalari soni 117 tani tashkil qilyapti. Qabul oʻrni 66 mingdan 181 mingga, yaʼni 3 baravar ortgan. Ammo bu yerda sifat yoʻq. Professor-oʻqituvchilarning oyligi 3,5 baravarga oshirildi. Oʻqishga hujjat topshirayotganlar ham 2 baravar koʻp. Bir narsani aniq tushunish kerak. Yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya boʻlgan. Va bundan foydalanib kelgan. Soʻnggi yillarda sohaga raqobat kirib keldi, xususiy va xorijiy oliygohlar koʻpaymoqda va bu vaziyatni oʻzgartiradi.


Prezident raisligida boʻlgan oliy taʼlimga bagʻishlangan videoselektrdan

Batafsil ma'lumot @AXBOROT