Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xu | MANDAT | BAHOLASH | ABITURIYENT

Rasman: Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xususiy universitetdan ham!

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
ipoteka kreditlari;
nodavlat bog’cha va maktablar.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma;

12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!

Ma'lumot uchun, 1-avgustdan boshlab to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun yosh cheklovi olib tashlangan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl