Get Mystery Box with random crypto!

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL Kredit miqdori: Cheklov yo‘q | MANDAT | BAHOLASH | ABITURIYENT

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL

Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;

Kimlarga beriladi:

Davlat va nodavlar oliygoh talabariga beriladi
kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kerakli hujjatlar:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ta'lim krediti olish uchun ariza berishda bankka borishingiz ham shart emas, talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl