Get Mystery Box with random crypto!

Xoland APLda van Nistelroyning rekordini yangiladi Angliya che | Manchestr City/Muxlislari uchun

Xoland APLda van Nistelroyning rekordini yangiladi
Angliya chempionati 21-turida “Manchester Siti” Erling Xolandning uch goli evaziga “Vulverxempton”dan ustun keldi.
Norvegiyalik musobaqadagi 19-o'yinida 4-xet-trigini qayd etib, bunga eng tez erishgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi. Avvalgi eng yaxshi natija Rud van Nistelroyga tegishli edi va u 4 ta xet-trik qayd etishi uchun 65 ta o'yinda qatnashishi talab etilgandi. Ulardan keyingi o'rinlarda Luis Suares (81 uchrashuvda), Alan SHirer (86) hamda Robbi Fauler (89) bormoqda.

Bundan tashqari, Xoland bir mavsum davomidagi xet-triklar soni bo'yicha SHirerning 1995/96 yil mavsumidagi rekordiga yaqinlashdi. Ingliz “Blekbern Rovers” safida o'sha mavsumda 5 ta xet-trik qayd etgan.