Get Mystery Box with random crypto!

#yiltalabasi2023 “Yil talabasi – 2023” respublika ko‘rik-tan | Manaviyat.edu.uz

#yiltalabasi2023

“Yil talabasi – 2023” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 10-11-yanvar kunlari “Yil talabasi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi. Unda 50 nafar nomzodlar tegishli vazirlik va idora mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

“Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi:
1) Sitorabonu Hamroxoʻjayeva – TMI
2) Murotjonova Mubina – O‘zMU JF
2) Elbek Raximov – UrDU
3) Kozimbek Nosirbekov – O‘zJOKU
3) Lochin Turdiboyev – JizPI

Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi:
1) Dilshoda Musayeva – NamDU
2) Shoxrux Qoʻchqarov – JIDU
3) Nodirabegim Sotvoldiyeva – O‘zJXU

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1) Asadbek Urunov – TTPU
2) Ulug‘bek Abdukarimov – O‘zMU
3) Aygul Minbayeva – TDAU

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1) Abduxoliq Salimov – NDKTU
2) Mirziyod Murodov – BuxDU
3) Shohjaxon Abdulhamidov – FarDU

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1) Jasmina Axmadjonova – TDPU
2) Salamat Allambergenov – QorDU
3) Shaxnozaxon Xodjayeva – Yangi Asr

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1) Yorqinjon Hayitboyev – GulDU
2) Mushtariybegim Djuraqulova – MRDI
3) Anvarxon Mallaxodjayev – SamDTU

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1) Gulhayo Qushoqova – TTA TF
2) Dilnoza O‘rinova – FTTI
3) Gulsanam Sattorova – SHDPI

Shuningdek, final bosqichida o‘rin ololmagan barcha talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan muborakbod etamiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube