Get Mystery Box with random crypto!

Markazimizda yangi yil shukuhi! Yurtimizga qish kirib kelga | Manaviyat.edu.uz

Markazimizda yangi yil shukuhi!

Yurtimizga qish kirib kelganiga roppa-rosa 8 kun bo‘lishi bilanoq, mana bugun Toshkentda birinchi qor yog‘ishni boshladi. Ayni damda hammayoq asta-sekin oppoq rangga burkanmoqda.

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshidagi “Art club” to‘garagi koordinatori Jasmina Axmadjonova tomonidan markaz bosh binosining kirish eshiklariga Yangi yil bayrami suratlari chizildi. Ushbu suratlarni ko‘rib markazimizga tashrif buyurgan barcha xodimlar va mehmonlarning kayfiyatlari ko‘tarilishiga ishonamiz.

Yuqoridagi videoni ko‘rib, ijod namunasiga baho bering.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube