Get Mystery Box with random crypto!

Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidir | Manaviyat.edu.uz

Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ijaraga uy qidirib yurgan talabalar bisyor. Ularning muammolarini oʻrganish va yaqindan yordam berish uchun Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan, xalq tili bilan aytganda "uy bozor”da boʻldilar.

Tashrif davomida talabalarning turar joy boʻyicha muammolari oʻrganildi. Natijada OʻzMU, TDSHU, TMI, TTA, OʻzDSMI, TDTU, OʻzDJTU, TDTrU, TDPU va yana bir qancha OTM talabalarining 50 ga yaqini ijaraga joylashtirildi. Bu jarayon talabalar toʻliq turar joylar bilan ta'minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo'ladi.

Shu oʻrinda barcha ijaraga turar joy izlab yurgan talabalarga oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha sizlarga amaliy yordam berishlari kerakligini eslatib oʻtmoqchimiz. Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilsa @manaviyatedubot orqali murojaat qiling.

Telegram | YouTube