Get Mystery Box with random crypto!

#kun_tarixi Bugun 17-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu ku | Manaviyat.edu.uz

#kun_tarixi
Bugun 17-aprel haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda roʻy bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon gemofiliya kuni.
Xalqaro hayku sheʼriyati kuni.

Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o'tdi (1790).
19 yoshli Nevil Frensis Fitsjerald Chemberlen snuker o‘yinini o‘ylab topdi (1875).
L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi (1877).
Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasi tashkil etildi (1924).
Injener Igor Sikorskiy birinchi vertolyot - amfibiyani ommaga ko'rsatdi (1941).
“Apollon-13” kosmik kemasi ekipaji Yerga sog‘-salomat qaytib keldi (1970).
Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi (1982).
Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya” (1992).

XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) tavallud topgan kun (1403).
Italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzuvchilaridan biri Jovanni Battista Ritsioli tavallud topgan kun (1598).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube