Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida ko‘rik-t | Manaviyat.edu.uz



Oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ushbu dayjestda ushbu tadbirlar haqida ma’lumot beramiz.

O‘zbekiston milliy universitetida “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasining “Rektor kubogi” o‘tkazildi.

O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalar turar joyida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi.

Guliston davlat universitetida Basketbol sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining hududiy 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Shashlik day” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Namangan davlat chet tillari institutida Intellektual haftalik doirasida “Asarlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovini tashkil etildi.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.

Namangan davlat pedagogika institutida “Mahorat darsi” tanlovi o‘tkazildi.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida “Eng yaxshi pazanda qiz” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat agrar universitetida bo’lib o’tgan “Rektor kubogi – 2024” tadbirlari doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi tashkil etildi.

Andijon davlat tibbiyot institutida “Zakovat” intellektual o’yini hamda "Vatan – madhing kuylayman" mavzusida qo‘shiqlar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent moliya institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Eng mohir oshpaz” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida “Shashlik day” ko‘rik-tanlovi hamda shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti mas’ullari tashabbusi bilan ijara xonadonida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandalik mahorati“ tanlovi tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube