Get Mystery Box with random crypto!

BOLA TARBIYASI BORASIDA PSIXOLOGLAR MASLAHATLARI: Tarbiya sir | Manas hayoti | 25 yangiliklari

BOLA TARBIYASI BORASIDA PSIXOLOGLAR MASLAHATLARI:

Tarbiya siri №1

Bunga ishomasligingiz yoki sizga g’alati tuyulishi mumkin. Lekin, bola 7 yoshga to'lguncha hech qanday ruxan va jismonan nuqsonlarsiz katta bo’lishi uchun uni bir kunda kamida 4 martta va to’liq mukammal inson bo’lib yetishishi uchun esa 12 martta quchoqlash kerak. Aks holda mehr yetishmasligi oqibatida turli kasalliklarga chalinishi va ruhan shakillanishida nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin.

Tarbiya siri №2

Bolani urishish mumkinmi? Agar bolangiz biror ishni to’g’ri qilolmayotgan bo’lsa, barcha e'tiboringizni shunga qaratib, bunga yopishib olmang. Undan ko’ra yaxshi bajarayotgan ishlari uchun tez-tez maqtang. Shundagina bolangiz o’z-o’zidan qolgan ishlarni ham to’g’ri va joyida qilishga harakat qiladi.
Har qanday holda ham hech qachon “Sen bir ishni eplolmaysan”, “Sen doim…” kabi jumlalarni ishlatmang. Chunki bu narsa bola ruhiyati va tarbiyasiga qattiq ta’sir etishi aniq.

Tarbiya siri №3

O’ziga ishongan shaxsni tarbiyalash. Hech qachon bolangizni turli qo’rqinchli voqealar yoki kuchuk, bo’ri va shu kabilar bilan qo’rqitmang. Har qanday qo’rqinch bolada o’z hatti harakatiga nisbatan ishonchni yo’qolishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari bolani tashqi ko’rinishi va hulq-atvoridagi kamchilikka urg’u berish o’rniga, farzandingizga o’sha kamchiliklarni to’g’irlashga yordam bering. Shunda haqiqiy liderni voyaga yetkazasiz.

Tarbiya siri №4

Bolada eng kichik vaqtidan boshlab javobgarlik hissini tarbiyalash zarur. Buning uchun kichik bir vazifalar berib turish kerak. Bu narsa inson hulq-atvorini shakillanishida muhim o’rin tutadi. Bola uy ishlari bilan band bo’lganda unda tezda mustaqillik hislati rivojlanadi va kichik bo’lsa ham mustaqil yechimlar qabul qilishni boshlaydi va unda turli injiqliklarga vaqt qolmaydi.

Tarbiya siri №5

Bola tarbiyasinig asosiy qoidalaridan biri shuki, hech qachon bolaga to’g’ridan – to’g’ri yo’l ko’rsatish yahshi emas. Yani, har bir savolni yechimini tashabbuskorlik bilan o’zi topishiga yo’l qo’yish kerak bo’ladi. Faqat to’g’ri yechimga undash va yo’nalish berish lozim.

Tarbiya siri №6

Bolani hayotdagi to’siqlarni mustaqil yengib o’tishga o’rgatish juda muhim. Faqat shu orqaligina hayotdagi qiyinchiliklarni jasurlik bilan yengib o’tishdan qo’rqmaydigan insonni tarbiyalash mumkin. Shu oraqali turli stress, ruhiy tushkunlik va xavotir kabi hissiyotlarga moyilligi juda kam bo’lgan shaxs voyaga yetadi. Bola tarbiyasida nafaqat yahshi tarbiyachi bo’lish, shuningdek yahshigina psixolog ham bo’lish lozim bo’ladi.