Get Mystery Box with random crypto!

Qondosh Qarindoshim bor Oilamiz katta butun Ko'z temasin so | Ma'nolı_Statuslar...

Qondosh Qarindoshim bor

Oilamiz katta butun
Ko'z temasin so'zim bor
Hizmatda labbay degan
Qondosh Qarindoshim bor.

To'y boshlansa yonimda
Yumushim olarim bor
Davrani qizdiradigan
Qondosh Qarindoshim bor

Havas qilar boshqalar
Hazilkash hazili bor
Oqibatli ham dilkash
Qondosh qarindoshim bor

Hashar desam qochmaydi
Osh yemasa ketmaydi
Yig'ilsa Joy yetmaydi
Qondosh Qarindoshim bor

Arazlamas gap qochsa
Gina qochar so'z ochsa
Gap sotadiya rossa
Qondosh Qarindoshim bor

Vaximachi ammam bor
Har ishda onamga yor
Biz og'risak dunyo tor
Qondosh Qarindoshim bor

Xolamni aytmasam bo'lmas
Ularsiz ko'ngil to'lmas
Mehri tugamas,o'lmas
Qondosh Qarindoshim bor

Bolalikdan bizni siylagan
Yelkasiga olib so'ylagan
Jigarim deb bizni o'ylagan
Qondosh qarindoshim bor

ILYOSBEK

Qarindoshlarga yuborib qoyamiz

@Sheriyat