Get Mystery Box with random crypto!

​​Sut idishini qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? Bolalar s | Malyuk Uz

​​Sut idishini qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak?

Bolalar sut idishini oddiy idishga qaraganda ikki karra eʼtibor bilan tozalash zarur. Bola immuniteti hali shakllanmagan, shuning uchun uni hatto kam sonli bakteriyalardan ham himoya qilishingiz kerak.

Sut idishini yuvish qoidalari:

Ovqatlantirib bo‘lgach, sut idishini darhol issiq suvda yuving. Shunda idish tubi va devorlarida bakteriyalar to‘planishi mumkin bo‘lgan yog‘lar yig‘ilmaydi.

Yuvish uchun xo‘jalik sovuni yoki bolalar uchun mo‘ljallangan tozalash vositasidan foydalaning. Imkon boricha sut idishlarini yuvish uchun chiqarilgan maxsus simcho‘tkani qo‘llang.

Sut idishining har bir qismini alohida yuving. Halqasi va rezina so‘rg‘ichini albatta, yeching. Barcha burmalarini tozalab yuving: kir ko‘zga ko‘rinmaydigan joylarga yig‘iladi va agar vaqtida yuvib tozalanmasa, chiriy boshlaydi.

Sut idishini muntazam qaynatib sterillab turing. Buni tez-tez takrorlang.

Tarkibida bisfenol-a moddasi bo‘lgan plastik sut idishidan foydalanmang: u qaynatilganda zararli moddalarni ajratib chiqaradi. Yaxshisi, shisha idish xarid qiling, shunda hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Ovqatlantirish gigiyenasiga masʼuliyat bilan yondashing va farzandingiz sog‘lom o‘sishiga befarq bo‘lmang!

Hurmat va g‘amxo‘rlik bilan,
Malyuk kompaniyasining tibbiy vakillari

——

Следить за чистотой детской бутылочки нужно в два раза ответственнее, чем за обычной посудой. Иммунитет ребенка еще не успел окрепнуть, поэтому вы должны защищать его даже от незначительного количества бактерий.

Основные правила мытья бутылочки:

Мойте бутылочку в горячей воде сразу после кормления. Тогда на дне и стенках не накопится жир, в котором могут размножаться бактерии.

Для мытья используйте хозяйственное мыло или щадящее чистящее средство (детское). По возможности пользуйтесь специальным ёршиком для мытья бутылочек.

Разбирайте бутылочку и мойте каждую часть отдельно. Обязательно снимайте кольцо и резиновую соску. Промывайте все складки: грязь скапливается в самых незаметных местах и начинает гнить, если от нее не избавиться.

Регулярно стерилизуйте бутылочку в кипятке. Желательно делать это как можно чаще.

Не используйте пластиковую бутылочку, которая содержит бисфенол-а: он выделяет вредные вещества при кипячении. А лучше приобретите стеклянную — с ней точно не будет проблем.

Относитесь ответственно к гигиене кормления, и ваш ребенок будет расти здоровым!

С уважением и заботой,
медицинские представители Malyuk