2023-04-01 09:52:37
Mehrning narxi qancha?
Ikkinchi jahon urushida turli millatga mansub 200 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga joy ajratgan yurtimizda 2022-yilda quyidagilar yuz berdi:
— Ikki kunlik chaqalog‘ini $35 mingga sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi;
— DXX Toshkent ($35 ming) va Sirdaryoda ($16 ming) farzandini sotgan ayollarni qo‘lga oldi;
— Navoiyda bolasini $4 mingga sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli ayol 5 yilga qamaldi;
— Sirdaryoda 1 yoshli qizini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
Bunday holatlar yurtimizda 2019-yilda 94 tani, 2020-yilda 74 tani tashkil etdi.
Dilni xira qilishga shoshilmang, mehribon xalqimizning tashabbusi bilan 1,5 mingga yaqin bolalar oilalarga olingan, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga yetishi uchun sharoit yaratilgan. Buning hisobiga 10 ta mehribonlik uyi, 4 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi yopilgan.
Unutmang mehrning narxi bebahodir!
http://t.me/MalumotGlobalTrend
345 views█▓▒░⡷⠂ 𝙼𝙰𝙼𝙰𝚂𝙷𝙰𝚁𝙸𝙵 ⠐⢾░▒▓█, 06:52