#Эълон #Ixtisoslashtirilgan_maktablar Prezident maktablari | 🏫 Malika Education™️
#Эълон #Ixtisoslashtirilgan_maktablar
Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.
Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.
Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.
Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.
SHOSHILING!
Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.
🏫Malika Education-Abituriyentlar hamda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun o'quv markazi. ▶️Instagram 👉 ig.me/malikaeducationofficial . ▶️YouTube 👉 https://youtube.com/channe...