Get Mystery Box with random crypto!

Ustozlar Milliy forumi — yangi o'quv yiliga oʻzgacha ruh va ya | Maktablar uchun hujjatlar

Ustozlar Milliy forumi — yangi o'quv yiliga oʻzgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Ustozlar Milliy forumi” tashkil etiladi.

Xalqaro forum davomida pedagoglar, fan mutaxassislari, ta’lim muassasalari rahbarlari ta’lim mazmuni va metodikasi, maktab boshqaruvining zamonaviy usullaridan boxabar boʻladilar.

Toshkent Xalqaro maktabi direktori — Bill Kralovek, Singapurdagi Nanyang Texnologiya Universiteti professori — Choy Ban Heng, Turkiyadagi Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti Tabiiy fanlar professori — Dilek Erduran Avci o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Forumni Zoom platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin
https://unesco-org.zoom.us/j/85313778929

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube