Get Mystery Box with random crypto!

#primyera '1-iyun Bolalarni himoya qilish kuni'ga  mos final  | Мактабгача таълим

#primyera
"1-iyun Bolalarni himoya qilish kuni"ga  mos final  qo'shiq.

4 nafar  pedagog, 2 nafar tarbiyalanuvchi ijrosida

  "PLYUS" & "MINUS
https://t.me/shuhratjonsayfullayev

ESLATMA: Fikr- mulohazalaringizni boʻlsa, albatta
@shuhratjon_979_sayfullayev joʻnatishingizni soʻraymiz!

#Bastakor:SHUHRATJON SAYFULLAYEV.(#Buxoro_viloyat_Romitan_tuman_24_mtt_musiqa_rahbari)


#Shoira: NASIBA  ERXONOVA


#Aranjirovkachi:QAHRAMON  HUSAINOV (#Xorazm_viloyati_Xiva_tumani_6-mtt_musiqa_rahbari)


  "JAJJI TILAK"

Mehr istar
Bolalarning
Yuraklari.
Tinchlik istar,
Shudir doim
Tilaklari.

Ko‘z quvnasin,
Xursandlikdan
Shodonlikdan.
Dil yayrasin
Baxtu iqbol
Donolikdan.

Vatanimiz
Kelajagi
Sizlardirsiz.
El umidi
Baxtli o'g'il -
Qizlardirsiz.

Gul-lolamiz
Sizlarga biz
Erka, suyuk.
Sho‘x bolamiz
Maqsadlari
Yuksak, buyuk.

Yangi zamon
Jajjigina
Qo‘limizda.
Baxt porlaydi
Har qadamda
Yo‘limizda.

Marjonlarmiz
Millatimiz
Dur-gavhari.
Bo‘lajakmiz
Biz albatta
Yurt javhari.